Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
- bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalami aniqlashtirish;
- qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari, vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish;
- qo'yilgan vazifalami yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning bajarilishini tashkil etish.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosat maqsadi: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir Agar gap korxonalaming moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: Agar gap korxonalaming moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko'rsatishiga erishish;
yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur’atlarini barqaror o'stirish;
ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
foydani maksimallashtirish;
xarajatlarni minimallashtirish;
rentabelli faoliyatni ta’minlash
va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |