4. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari - O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlami amalga oshirishga to’g’ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat byudjetidagi defitsitni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida (YalMning 3—4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish;
davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta’minlash;
ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlami yaratish;
ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'laming ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash;
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;
byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;
va boshqalar
Xulosa - Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
- Moliyaviy siyosat moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
- O’z-o’zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki uning ma’lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va qo’yilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay darajada ta’sir ko’rsatganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |