Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar, soliq xarakteriga ega bo‘lmagan to‘lovlarni o‘rnatadi, davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va arkazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |