Davon davlati


Download 9.3 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi9.3 Kb.
#1406252
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Davon davlati
Fargʻona vodiysining qadimgi davr tarixi yetarli darajada oʻrganilmagan. Tarixiy yozma deyarlli hech qanday maʼlumotlar uchramaydi. Faqat Xitoy manbalarida baʼzi bir qisqa, uzuq-yuluq maʼlumotlar uchrab turadi. Buning sababi Fargʻona vodiysining Xitoy bilan hududiy jihatdan chegaradosh va yaqin boʻlganligidir. Qadimgi Fargʻonaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati boʻlganligi tilga olinadi. Ammo bu davlatning qachon paydo boʻlganligi va inqirozga yuz tutib, qachon tarix sahnasidan tushganligi masalasida hech narsa deyilmagan. Davlat taxminan, mil. avv lll asrda paydo boʻlib, Fargʻona vodiysida joylashgan. Davan davlatining mil. avv. ll-l asrlarda qudratli davlat uyushmasi boʻlganligi maʼlum xolos. Mil. avv. Vl-lV asrlarda Markaziy Osiyoning Baqtriya, Parfiya, Margʻiyona, Sugʻd, Xorazm kabi oʻlkalari Eron ahamoniylari tomonidan bosib olinganida qadimgi Fargʻona bunday tobelikdan ozod boʻlgan. Bu davlat Xorazm davlati singari Makedoniyalik Iskandarga ham tobe boʻlmagan. Manbalarda Fargʻona vodiysining qadimda Salavkiylar davlati tarkibida boʻlganligi haqida ham hech qanday maʼlumotlar m, avjud emas. Yunon manbalarida salavkiylarning lashkarboshisi Demodam mil.avv.280-yilda Yaksart (Sirdaryo)dan oʻtib yunon xudosi Appolon shaʼniga altar (mehrob) (olovxona) oʻrnatdi degan manbalar ham mavjud. Antik davr tarixchilari Yunon-Baqtriya podsholaridan biri Sharqiy Turkistonga Fargʻona orqali bir marta qoʻshin tortib borganligini qayd qilish bilan cheklanganlar. Bundan yana bir marta maʼlumot paydo boʻladi, Fargʻona davlati — Davan mil.avv.ll asrda emas, balki mil.avv.IV yoki III asrlardayoq tarix sahnasida mavjudligi maʼlum boʻladi. U paytda bu davlatning nomi Parkana deb ham atalgan. Davan nomi esa Xitoyliklar tomonidan berilgan nomdir. Baʼzi yozma manbalar xitoy manbalarda, mil.avv.ll-l asrlarda Davan aholisi koʻp dehqonchilik va hunarmandchilik xoʻjaliklari yuksak darajada rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli qoʻshinga ega boʻlgan mamlakat edi. Buni arxeologiyaga oid topilmalar ham tasdiqlaydi. Olimlar tomonidan Davan tarixining bu davri Shoʻrabashat bosqini deb ham ataladi. Shoʻrabashat Oʻzgan shahri yaaqinida joylashgan boʻlib, bu vodiyning shaharlaridan biri boʻlgan, uning yer maydoni 70 gektarga teng edi.

Download 9.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling