Davon davlati


Download 9.3 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi9.3 Kb.
#1406252
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Qishloq xo`jaligi
Davlat aholisi yerga ishlov berishda oʻta mirishkor boʻlgan. Ular sholi, bugʻdoy va boshqa ekinlarni ekib dehqonchilik qilganlar. Fargʻona vodiysida qadimdan uzumchilik keng rivoj topgan, unda sharbat tayyorlash yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Boylarning yertoʻlalarida oʻn yillab saqlangan sharoblar boʻlgan. Ammo bu yerda Parfiya, Baqtria, Xorazm, Sugʻdda boʻlgani singari tanga pullar zarb etilmagan. Savdo asosan pulsiz mol ayirboshlash yoʻli bilan olib borilgan. Antik Fargʻonada hunarmandchilikning qator tarmoqlari keng rivoj topgan. Toʻqimachilik va kulolchilik sohalari ham bundan mustasno emas.
Qadimgi Fargʻonaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ayollarning oʻrni salmoqli boʻlgan. Ayollarga nisbatan hurmat-tavoze kuchli boʻlgan. Yozma manalarning guvohlik berishicha, ayolning eriga bergan topshirigʻI soʻzsiz bajarilishi lozim boʻlgan. Davan aholisining tashqi qiyofasi qangʻarlarga oʻxshab ketishi Xitoy manbalarida koʻrsatiladi. Ular chuqur koʻzli va uzun soqolli boʻlganlar. Chjan Syan Davandan (Fargʻonadan) to Anʼsi (Parfiya)gacha boʻlgan hududlarda yashovchi aholi til jihatdan har xil boʻlsa-da, ular bir-birlarini tushunganlar, ularning urf-odatlari ham bir-biriga oʻxshash boʻlgan, deb taʼkidlaydi.
Download 9.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling