Davon davlati
Download 9.3 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy yodigorliklari
Boshqaruv shakli
Davanda mil.avv.ll asrda boʻlgan Xitoy elchisi Chjan Syan bergan maʼlumotlarga qaraganda bu davlat kuchli siyosiy tizimga ega boʻlgan. Davlat tepasida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turgan. Manbalarda ularning nomlari xitoycha Mugua, Chan Fin Yanli deb tilga olinadi. Hukmdor oʻzining yonida eng yaqin ikkita qarindoshi bilan davlatni boshqargan. U davlatni idora etishda oqsoqollar kengashiga suyangan. Kengash hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy muammolar bilan shugʻullangan. Ayni paytda oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini baʼzi bir muhim masalalarda nazorat ham qilib turgan. Bu oqsoqollar kengashi oldida hukmdorning huquqi cheklanganligini koʻrsatadi. Xususan, urush, tinchlik, tashqi aloqalar masalalarida hal etuvchi kuch va huquq bu kengash qoʻlida boʻlgan. Oliy kengash zarur boʻlsa, hukmdorni hokimiyatdan chetlatishi, uning oʻrniga yangisini saylashi ham mumkin edi. Hatto oʻzaga davlatlar bilan boʻlgan dovonliklarning magʻlubiyati uchun oliy hokimiyat egasi — hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan oʻlim jazosiga tortilganligi ham manbalarda qayd etilgan. Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqiga tayanardi. Qadimgi Dovon davlatini mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan. Buni Xitoy manbalari tasdiqlaydi. Tarixiy yodigorliklari Manbalarda koʻrsatilishicha, qadimgi Fargʻonani 419-yilgacha bir sulola vakillari uzluksiz idora qilishgan Davan davlat tizimining shakllanishida bronza davrida (mil.avv. XI-VII asrlarda) qaror topgan dehqonchilik vohalari va ular negizida tashkil topgan qadimgi shaharlar asos boʻlgan edi. Bunday dehqonchilik vohalarining soni arxeologiyaga oid izlanishlar maʼlumotlariga qaraganda 10 dan ortiq boʻlgan. Bular Aravansoy, Akbura, Sultonobod, Qoʻrgʻontepa, Andijonsoy, Qorabosh, Tentaksoy, Maylisoy, Ulugʻnor, Shahrixonsoy, Akman, Yilgʻinsoy va boshqalardir. Ularning har birida oʻnlab antik davr yodgorliklari mavjud edi. Bu vohalar asosan soʻnggi bronza davrida oʻzlashtirilgan, mil.avv. IV-I asrlarga kelganda esa ular zamirida shaharlar qad rostlaganligi aniqlangan. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Syanning taʼkidshicha, qadimgi Fargʻona bilan Xitoy oʻrtasida doimiy sur’atda siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalar olib borilgan. Xitoy hukmdorlari doimo Fargʻona vodiysi boyliklariga, uning samoga uchar duldul otlariga hasad bilan qaraganlar va shu negizda ikki davlat oʻrtasida tez-tez urushlar ham kelib chiqqan. Davanliklar oʻz erki va ozodliklari uchun doimo dushmanlarga qarshi kurashib kelganlar. Xitoy manbalari qoldirgan maʼlumotlarga qaraganda mil.avv. ll-I asrlarda Davanda dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Download 9.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling