Pul mablag'lar fondlari - pul mablag'lar fondlari moliyaviy resurslar hisobidan shakllanadi. Ularning aniq maqsadi bor.
XAL QILINISHI LOZIM BO‘LGAN VAZIFALARNING XARAKTERIGA, MURAKKABLIGIGA VA DAVRINING UZOQLIGIGA QARAB, MOLIYA SIYOSATI:
MOLIYAVIY STRATEGIYA
moliya siyosatining istiqbolga (kelajakka) mo‘ljallangan va ijtimoiy hamda iqtisodiy strategiya orqali belgilangan keng ko‘lamli masalalarni xal etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kursi.
MOLIYAVIY TAKTIKA
moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshiradi.
Moliyaviy siyosatdan ko’zlangan asosiy maqsadlar rang-barang bo’lib , ularning asosiylari quydagilardan iborat: Moliyaviy siyosatdan ko’zlangan asosiy maqsadlar rang-barang bo’lib , ularning asosiylari quydagilardan iborat: - Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish
- Moliyaviy resurslarning hajmini oshirish
- Mamlakatdagi barcha mulk shaklida bo’lgan tadbirkorlar faolligini oshirish maqsadida qulay sharoit yaratish
- Soliq to’lovchi subektlar daromadidan budjet daromadini shakllantirishda , maqsadga muvofiq stavkalarni joriy etish va boshqalar.
Moliyaviy siyosat quyidagi vazifalarni bajaradi: Moliyaviy siyosat quyidagi vazifalarni bajaradi: - Birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim.
- Ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish.
- Uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |