Davlatning tashkil topishi. Davlatning yuksalishi Davlatning parchalanishi


Download 1.97 Mb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1200350
1   2
Bog'liq
TRX-BU-21.Turg\'unov Muxiddin.Raqamli tarix

Davlat bosshqaruvi
Saljuqiylar davlat boshqaruvi, soliq va yer egaligi munosabatlarini sharqdagi musulmon davlatlardan qabul qilganlar. Davlatni oliy hukmdor – sulton (sulton ul-a’zam) boshqarib, taxt otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan. Uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb qilingan.
Davlat boshqaruv tizimi ikkiga – dargoh va devonga bo‘lingan. Bosh vazir devoni (devoni a’lo) barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. Bosh vazir “rais ur-ruaso” deb atalib, mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi barcha sohalarni nazorat qilgan. Saljuqiylarning eng mashhur bosh vaziri Nizomulmulk bo‘lib, u davlat boshqaruv asoslariga oid «Siyosatnoma» asarini yozib qoldirgan.
Mamlakat ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, uni sulton tomonidan tayinlangan voliylar boshqargan. Ular ham o‘z mahkamalariga ega bo‘lib, viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga rahbarlik qilganlar.
Nizomulmulk vazirlik davrida Bag‘dod, Basra, Isfahonda «Nizomiya» nomidagi madrasalar qurdirdi. Buyuk olim Abu Homid G‘azzoliy o‘z vaqtida Bag‘doddagi madrasada dars bergan.
Nizomulmulk davrida taniqli astronom Umar Xayyom shamsiy taqvim – kalendarni isloh etish uchun tuzilgan ishchi guruhga rahbarlikka taklif qilindi. Umar Xayyom bu ishni bajarib, devonning ilmiy va davlat ishlarida Nizomulmulk bilan birga faoliyat olib bordi.
Biz Umar Xayyomni ko‘proq shoir, aniqrog‘i to‘rtliklar ustasi sifatida taniymiz. Aslida, u yetuk yulduzshunos, matematika tarixida sonlardan butun musbat ildiz topishning umumiy qoidasini birinchi bo‘lib isbotlab bergan olim edi.
Bu davrda eng yuqori darajadagi pul birligi o‘rnida sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) qabul qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo‘shimcha metall aralashmasi bo‘lgan dinor ham bo‘lib, u rukniy deyilgan.
Mis tangalar asosan ichki bozorda muomalada bo‘lgan. Saljuqiylar davrida ham chek, naqd pulsiz muomala qilish tizimidan foydalanilgan.
Foydlanilgan manba va adabiyotlar
Buyuk Saljuqiylar h/f.
Buyuk Saljuqiylar (1-qism) h/f.
Buyuk Saljuqiylar (2-qism) h/f.
Buyuk Saljuqiylar (3-qism) h/f.
Jahon tarixi 7-sinf (2022).
O'zbekiston tarixi 7-sinf (2022).
Saljuqiylar imperiyasi - Vikipediya.
Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling