Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 407.5 Kb.
|
9. Симптоматические АГ - лекция - лот
Diagnostikasi. Feoxromositomani aniqlashda klinik ko‘rinishi bilan bir qatorda siydikda katexolaminlar konsentrasiyasi tekshirishga asosiy o‘rin beriladi (sutkali yoki krizdan keyin qilingan). Siydikda ikkala gormonlar konsentrasiyasining bir vaqtning o‘zida oshishi o‘smaning buyrak usti bezi ustida joylashuviga bir muncha hosdir. Noradrenalinning konsentrasiyasi adrenalinga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa, o‘sma buyrak usti bezidan tashqarida joylashuvi uchun hosdir. Amaliyotda siydikda adrenalin va noradrenalindan tashqari, vanilil-mindal kislota miqdori aniqlanadi. Bu kislota ikkala gormon metaboliti hisoblanadi va uning siydikdagi konsentrasiyasi adrenalin va noradrenalin konsentrasiyasidan bir necha o‘n martalar oshadi. O‘smaning o‘lchamlari katta bo‘lganligidan ularni UTT va KTda osonlikcha topish mumkin.
Feoxromositoma faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi – o‘sma (feoxromositoma) buyrak usti bezi bilan birga olib tashlanadi. Buyrak usti bezlarining boshqa kasalliklari orasida endogen giperkortisizm simptomokompleksini ko‘rsatib o‘tish lozim. Uning patogenezi bo‘yicha har xil, biroq kasallikning klinik belgilari bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi. O‘xshash klinik manzarasi glyukokortikoid gormonlar, avvalo kortizolning ortiqcha miqdorda ishlanishiga bog‘liq. Isenko-Kushing sindromi va Isenko-Kusheng kasalligi (o‘smasiz turi) farq qilinadi. Isengo-Kushing sindromi buyrak usti bezi qobig‘i tutamli (dasta) sohasidan rivojlanadigan o‘smadan vujudga keladi (xavfsiz o‘sma -kortikosteroma, xavfli o‘sma - kortikoblastoma). O‘sma to‘qimasi kortizol gormononini ortiqcha ishlab chiqaradi. Aksariyat, 20-40 yoshdagi ayollar (deyarli 80%) kasallandilar. Isenko-Kushing sindromi va kasalligining klinik manzarasi etarli darajada tipik bo‘ladi. Semizlik va arterial gipertenziya kasalligining doimiy simptomlaridan hisoblanadi. Tez charchab qolish va mushak bo‘shashishi, mehnat qobiliyatining pasayishi, jinsiy faoliyatning pasayishi erta paydo bo‘ladi. Kechroq bu belgilar qatoriga osteoporoz qo‘shiladi. Semizlik somatotropinning yog‘ safarbarlik ta'sirini tormozlovchi kortizol va AKTG ning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq. Isenko-Kushing sindromida arterial gipertenziya krizsiz, barqaror kechadi, sistolik va diastolik bosimning muttanosib oshishi qayd etiladi, gipotenziv vositalarga ta'sirsiz bo‘ladi. Bemorlarining tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos - yuzi oysimon, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismi rangi qip-qizil – ko‘kimtir, qorin, bel, ko‘krak bezlari, sonlar terisida qip-qizil ko‘kimtir yo‘l-yo‘l chiziqlar «qizil striyalar» bo‘ladi. Terisi quruq bo‘lib qoladi, oyoq–qo‘llari terisi ko‘kimtir – marmarsimon tus oladi. Diagnozi. Qonda va siydikda 17-kortikosteroidlar (17-KS) konsentra-siyasi darajasinin o‘rganish, plazmada kortizol miqdorini aniqlash ahamiyatga ega. Kortikosteromada bu ko‘rsatgich, ayniqsa o‘sma xavfli tabiat-ga ega bo‘laganda, bir muncha oshadi. Tekshiruv usullar orasida UTT va KT keng ishlatiladi. Davolash: Isenko - Kushing sindromi faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi – o‘sma buyrak usti bezi bilan qo‘shib olib tashlanandi.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling