Davolash muassasalari ishning tashkil etilishi. Statsionarning davolash profilaktika va statsionar-epidemiologik rejimi. Davolash-profilaktika muassasalari turlari va tashkil topish prinsiplari. Bemor holatini baholash


Download 254.24 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi254.24 Kb.
#1684010
  1   2   3   4
Bog'liq
Презентация Microsoft Office PowerPoint

Davolash muassasalari ishning tashkil etilishi. Statsionarning davolash profilaktika va statsionar-epidemiologik rejimi. Davolash-profilaktika muassasalari turlari va tashkil topish prinsiplari. Bemor holatini baholash.

1- Ichki kasalliklar kafedrasi

«Tibbiyot kasbiga kirish» fanidan

1 kurs talabalari uchun ma`ruza

Ma`ruza rejasi

  • 1.Davolash muassasalari ishning tashkil etilishi.
  • 2.Statsionarning davolash profilaktika va statsionar-epidemiologik rejimi.
  • 3.Davolash-profilaktika muassasalari turlari va tashkil topish prinsiplari.
  • 4.Bemor holatini baholash.

Sog‘liqni saqlashning uchta asosiy komponеnti mavjud:

  • 1. Davolash - profilaktik yordam.
  • 2. Rеspublikaning sanitariya-еpidеmiologiya nazoratini ta'minlash: yuqumli kasalliklar epidеmiyasining oldini olish, ichimlik suvi sifatining, oziq-ovqat maxsulotlari, atmosfеra havosi va boshqalarning sanitariya nazorati.
  • 3. Aholi salomatligini mustahkamlash: sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ish va yashash sharoitlarini sog‘lomlashtirish

Mahalliy sog‟liqni saqlash amaliyotining asosiy komponеntlari va tamoyillari.

  • Mahalliy sog‘liqni saqlash amaliyotining asosiy tamoyillari inson huquqlari va fuqorolar sog‘liqiga bo‘lgan hurmatdir.
  • Birinchi tamoyil, birinchi navbatda, sog‘liqni saqlashning profilaktik yo‘nalishi. Bu profilaktika kasalliklarning oldini olish va odamlarning xayotini uzaytirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-gigiеnik va o‘ziga xos tibbiy choralar tizimini anglatadi.

Tibbiy xizmat turlari:

  • 1. Birinchi tibbiy yordam: o‘z-o‘ziga yordami, o‘zaro yordam, sanitariya xodimi yordami, maxsus o‘qitilgan bir qator "ijtimoiy" kasblar (paramеdiklar) vakillari–militsiya noziri, yong‘in xavfsizligi xodimi, parvoz xodimi va boshqalar yordami.
  • 2. Shifokorgacha bo‘lgan (fеldshеr) yordam: bu o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
  • 3. Birinchi shifokor yordami - eng oddiy tibbiy davolash va profilaktika va sanitariya-gigiеna chora-tadbirlari.
  • 4. Malakali tibbiy yordam – tеrapеvtik yoki xirurgik davolash muassasalarida tеrapеvt, jarrox, pеdiatr va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi murakkab tibbiy muolajalar.
  • 5. Ihtisoslashtirilgan tibbiy yordam - "tor" mutaxassislar (kardiolog, aritmolog, pulmonolog, endokrinolog va boshqalar) yordami uchun maxsus ajratilgan tibbiy muassasalar xizmati.

Download 254.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling