Davolash profilaktika muassasalari dpm ning asosiy turlari va tibbiy xujjatlarni yuritish tartibi


Download 29 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2023
Hajmi29 Kb.
#1079370
1   2   3
Bog'liq
Davolash profilaktika muassasalari DPM ning asosiy turlari va tibbiy xujjatlarni yuritish tartibi

Bemorning kasalxonaga kelganligi va ketganligi to‘g‘risidagi daftarni har bir bo‘limda katta hamshira olib boradi, unga pasport ma’lumot- laridan tashqari, bemorning kelgan va ketayotgan vaqtidagi sog‘lig‘i, bo‘limda yotgan kunlari, kasallik varaqasining tartib raqami va uning necha kunga berilganligi yozib qo‘yiladi.

Bundan tashqari bo‘limning katta hamshirasi dori-darmonlar, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sarflash daftarini tutadi, dorixonadan dorilar yozdirib oladi.
Katta hamshira tibbiy asboblar uchun moddiy mas’ul xodim, u inventarlar daftarini tutadi, xo‘jalik hamshirasi ich kiyim va choyshab- lar uchun moddiy mas’ul bo‘lib, ularning hisobini olib boradi. Navbatchi hamshiralar va palata hamshiralari davolash ko‘rsatmalari daftarini tutadilar, porsionniklar belgilaydilar, bir smenada sarf bo‘lgan narkotik moddalarning hisobini olib boradilar, davo vositalarini soatlik grafik bo‘yicha qabul qiladigan bemorlarga xususiy chizmalar chizadilar.
Bo‘limning navbatchi hamshirasi bemorlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni tuzadi: kun boshida qancha bemor borligi, qancha bemor kelgani, qanchasi ketgani (uyiga jo‘natilgani, boshqa kasalxona va bo‘lim- larga o‘tkazilgani, o‘lgani) va keyingi kungacha qancha bemor qolganini yozib boradi.

  1. Kasalxonaga tushgan bemorni qayd etish kartasini tibbiyot hamshirasi kasallik tarixidagi ma’lumotlar asosida to‘ldiradi va uni bemor kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng statistika bo‘limiga jo‘natadi.

  2. Statsionarda turli ma’lumotnoma va yo‘llanmalar yozib beriladi.

  3. Hozirgi yangi joriy etilishi mumkin bo‘lgan hamshiralik kasallik tarixnomasi ham tibbiyot hamshirasi to‘ldirishi zarur hujjatlar qatoriga kiradi (u haqda darslikning oldingi qismida ma’lumot berilgan).

Bulardan tashqari statsionarda bemorda o‘tkaziladigan turli davolash- diagnostika amaliyotlarini qayd qilib borish uchun, bo‘lim turidan kelib chiqqan holda, turli jurnallar ham yuritiladi.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling