Davr xarajatini tekshirish
Chet el valutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI»
Download 19.82 Kb.
|
DAVR XARAJATINI TEKSHIRISH
Chet el valutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI» (O‘z. R. Adliya vazirligida 2000-yil 3 iyunda 931-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el valutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapi-taliga ulushlar bo‘yicha qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolan-gan sanada amalda bo‘lgan O‘z. R. MB kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda auditor chet el valutasi kursi va so‘mga hisoblab o‘tkazishning to‘g‘riligini hamda schyotlarda aks et-tirilishini tekshirishi zarur.
Ustav kapitaliga ulushlarning ta’sischilar tomonidan haqiqatda qo‘-shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar» schyotlari bo‘yicha hisob registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qol-dig‘i ta’sischilarning ustav kapitaliga qo‘shadigan ulushlari bo‘yicha qarz-larini, 6620- schyotning kredit qoldig‘i korxonaning chiqib ketayotgan ta’-sischilardan ustav kapitalidagi ulushlari bo‘yicha qarzlarni bildiradi. Audi-tor ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishi va 4610 va 6620 schyotlar bo‘yicha qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to‘g‘ri shakllantirilishini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi: – ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyadorlik ja-miyati aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi; – barcha aksiyalar egasi yozilgan aksiya ekanligi va ta’sis etishda ta’-sischilar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi lozim; – joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim; – aksiyadorlik jamiyati aksiyalari uni ta’sis etish chog‘ida ustavda ko‘rsatilgan muddat davomida to‘liq to‘lanishi lozim. Ammo ustav kapi-talining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir yil ichida to‘lanishi lozim; – to‘lov shakllari (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, pulda baho-langan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aksiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim; Download 19.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling