Davr xarajatini tekshirish


Auditor moliyaviy faoliyati


Download 19.82 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi19.82 Kb.
#1194170
1   2   3   4
Bog'liq
DAVR XARAJATINI TEKSHIRISH

Auditor moliyaviy faoliyati
Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda fav-qulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihat-larini o‘zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.
«Asad» fermer xo‘jaligida 4610–schyot debet qoldig‘i va 8310 schyotlar kredit qoldig‘ining tengligi ta’sischilar xo‘jalik ustav kapitaliga o‘z ulushlari bo‘yicha mablag‘larni umuman topshirmaganlagini va qo-nunchilikda belgilangan muddatga rioya qilinmaganligini bildiradi.

«Bobur» fermer xo‘jaligi 4610–schyotning debet qoldig‘i 8310-schyot kredit qoldig‘ining 50 %ni tashkil etadi, ya’ni ta’sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar. Fermer xo‘jaligi faoliyat boshlaganiga bir yil to‘lmagan, ustav kapitalining qolgan qismi (50%) bir yil ichida qo‘-shilishi lozim.

Demak, «Bobur» fermer xo‘jaligida ustav kapitalini shakllantirish qo-nunchilik talablariga mos keladi.

«Samad» fermer xo‘jaligi ham «Bobur» fermer xo‘jaligidagi kabi ta’-sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar, ammo kor-xona faoliyat boshlaganiga bir yildan oshgan, demak ustav kapitaliga ulushlarni topshirish muddatiga rioya qilinmagan. Bunday holatda korxona yoxud o‘z ustav kapitalini kamaytirib, ustav va ta’sis shartnomasini qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazishi yoxud tugatish yo‘li bilan o‘z faoliyatini to‘x-tatish lozim.

«Do‘st» fermer xo‘jaligida 4610-Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti bo‘yicha debet qoldiq yo‘qligi va 8310–»Paylar va ulushlar» schyoti bo‘yicha kredit qoldiq summasining (400, 0 m. s) ta’sis hujjatlari (ustavi va ta’sis shartnomasi)ga mosligi ta’sischilar-ning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzdor emasliklarini va ulushlar to‘liq to‘langanligini bildiradi.

Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan qo‘shilganligini tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shakli-dagi ulushlar (asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalo-latnomalar, pul mablag‘lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda tegishli mablag‘larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumot-lar bo‘lishi lozim. Bu nafaqat ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.

Shuningdek, tekshiruv chog‘ida ushbu hujjatlar shakl va mazmun-larining O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»ga Qonun 9-moddasi talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.

Ustav kapitaliga chet el valutasida qo‘shiladigan ulushlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash «


Download 19.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling