Davr xarajatlari auditi Reja: Kirish
Download 133.75 Kb.
|
64-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farqi (+,-)
- Ko’rsatkichlar 2018 yil
- 3.Davr xarajatlari auditini natijalarini rasmiylashtirish.
Shuning uchun auditning bu boradagi asosiy vazifasi-davr xarajatlarining faqat o‘zgarishini emas, balki bu o‘zgarishlarga ta'sir qiluvchi omillarga ham baho berishga qaratilishi lozim (2-jadval).
2-jadval Toshkent viloyati Qibray tumani «Kvant optimum» mas'uliyati cheklangan jamiyatining davr xarajatlari tarkibi va dinamikasi auditi (mln so‘m) 3.Davr xarajatlari auditini natijalarini rasmiylashtirish. Davr xarajatlari auditi to‘g‘ri tashkil etilishi, davr xarajatlari auditi o‘tkazishga zamin bo‘ladi. Davr xarajatlari auditini o‘tkazishdan maqsad ushbu turdagi xarajatlar xisobini yuritishning meyoriy xujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iboratdir. Davr xarajatlari auditini takomillashtirish bugungi kunda dolzarbligi kundan-kunga ortib bormoqda. Ma'lumki, korxonalar xarajatlar xisobini olib borishda Nizomga hamda Moliya Vazirligi va Soliq Qo‘mitasi yo‘riqnomalariga asoslanadi. Shundan kelib chiqib, korxona xarajatlarini, xususan davr xarajatlarini audit qilishda yuqoridagi meyoriy xujjatlarga asoslanib tekshiradi. Xozirda ko‘pgina korxonalar davr xarajatlarining mal'um xarajat turlari soliq solinadigan bazaga kiritilishi, ba'zilari kiritilmasligi ustida qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shuningdek, davr xarajatlarning 9430-xisobraqamida “Boshqa operasion xarajatlar” da xarajatlarining har xil turdagilarining mavjudligi va ularning mal'um bir tartibga solinmaganligidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bundan kelib chiqib, korxonalarda ushbu xarajatlarni mal'um bir tartibga solish maqsadida quyidagi analitik schyotlarni ochishni taklif etardi: a) maslaxat va axborot xizmatlari xarajatlari; b) kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash; v) kompensasiya va rag‘batlantirish tusidagi xarajatlar; g) bank va depozitariy xizmatlari xarajatlari; d) boshqa xarajatlar; Bunday takliflar berishdan maqsad davr xarajatlari auditini o‘tkazish jarayonini yanada osonlashtirish hamda tekshirish qulayligi va uni mal'um bir qolipga keltirish. Bunda har bir auditor tartibga tushirilgan xarajat moddalarini osongina tekshira oladi hamda bunga oz vaqt sarflanadi. Nizomga yangi ishga tushiriladigan korxonalarda ishla uchun kadrlar tayyorlashga xarajatlar va yangi texnologiyalarni tashkil qilish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha xamda ishlab chikarishni qayta jixozlash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha xarajatlar soliq solinadigan bazaga kiritilgandir. Loyiha 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga koʻra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar. Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qoʻllanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi koʻrsatilgan auditorlik xizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yoʻnaltirilgan xalqaro standartlar asosida auditorlik xizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik xizmatlari sifati oshishini ta’minlaydi. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati 2000 yilda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning kuchga kirishi bilan yuzaga keldi va uning faoliyat doirasi, faoliyat yuritish tartibi, sub'ektlari, majburiyatlari va javobgarliklari, erkinliklari hamda xuquqlari shu qonun bazasida qat'iy belgilandi. Hozirga kelib respublikamizda auditorlik sohasi ancha rivoj topdi va kengaydi. Auditorlik faoliyati iqtisodiyotimizning har bir sohasiga chuqur kirib borayotganini bugungi kunda yaqqol ko‘rish mumkin. Albatta auditorlik faoliyatining rivojlanishi davlatimizning bunga katta e'tibor berganligi, uning faoliyat yo‘nalishi va doirasini chet el tajribalaridan foydalanib, belgilab bera olganligi, hamda uni tartibga solish qonun-qoidalarini ishlab chiqqanligi bilan ko‘zga tashlanadi. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi xududidagi korxonalarning faoliyatini qonuniy yoki qonunga hamda meyoriy xujjatlarga g‘ilof ekanligini tekshirish hamda aniqlash funksiyasini amalga oshirishda auditorlik firmalarining hissasi kattadir. Shu bois ham auditorlik firmalariga e'tibor ancha kuchayib bormoqda. Ularning faoliyatini tartibga solish esa bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan respublikamizda xalqaro audit standartlari asosida auditorlik faoliyatining milliy standartlari loyixasi ishlab chiqildi. Bu milliy standartlar Moliya Vazirligining “Bosh nazorat – taftish bosh boshqarmasi” hamda O‘zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar uyushmasi tomonidan tuzib chiqildi. Ushbu standartlar respublikamizdagi auditorlar va auditorlik faoliyatini qonun asosida tartibga solishda va muvofiqlashtirishda muhim ahamiyatga ega. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 2000 yilda qayta ishlangan holda amaliyotga tatbiq etila boshladi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi va bu borada rivojlanish davom etmoqda. Demak, O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan korxonalar auditini yuqorida keltirilib o‘tilgan qonun va milliy standartlar asosida o‘tkazilishi shart. Auditning barcha soxalarida bo‘lgani kabi davr xarajatlarini audit qilish ham hozirda o‘zining yanadayam dolzarbligini orttirib bormoqda. Hoh, majburiy auditorlik tekshiruvi bo‘lsin hoh, tashabbuskorlik tarzidagi auditorlik tekshiruvi bo‘lsin, davr xarajatlarini tekshirish auditorlik tekshiruvida katta ahamiyat kasb etmoqda. Korxonada davr xarajatlari hisobini yuritishish va audit o‘tkazish nazoratning umumiy tamoyillariga zid bo‘lmasligi kerak. Bunda tarmoq faoliyatining xususiyatlari, boshqaruv tizimining ko‘lami va texnologik jarayonlarning murakkabligi inobatga olinishi zarur. Davr xarajatlari auditini tashkil etishda asosan tashqi audit tomonidan o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari ko‘zda tutiladi. Tashqi auditni o‘tkazishda, avvalambor, auditorlarning malakasi yuqori bo‘lishligi talab etiladi. Bizningcha, O‘zbekistonda buxgalter va auditorlarni tayyorlash, kasbi, ish staji, kasbiy malaka sertifikatiga bo‘lgan talabni oshirish zarur. Oxirgi 20-30 yilda auditorlar bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda katta obro‘ga erishganini, AQSh va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o‘z sohasida nufuzli, erkin professionallar toifasiga kiradigan buxgalterlik hisobi hamda tahlili bo‘yicha mutaxassislarning nisbatan kichik va keng ommaga uncha ma'lum bo‘lmagan guruhi shu yillarda ancha e'tiborli professional birlashmalarga aylandi. Turli sabablarga ko‘ra bu birlashmalar iqtisodiy axborotni tartibga solish va nazorat qilish tizimida markaziy o‘rinni egalladi. Bu ham, o‘z navbatida, auditorlarni eng yuqori darajadagi birja, bozor va siyosiy sohalarga yaqinlashtiradi. Ushbu masalada Mamlakatimizda ham ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda, lekin bu ishlar yetarli darajada emas. Bugungi kunda korxonalarda yaxlit milliy axborot tizimlari shakllanmoqda, bu bilan ular faqat xizmat ko‘rsatishgina emas, balki sarmoyalar, tovarlar va xizmatlarga yo‘nalish berish va faollashtirish uchun ham qo‘l kelmoqda. Davlatning xo‘jalik sohasidagi tadbirlarining samaradorligi, aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi, bozor munosabatlarining kengayishi va marketing xizmatini mustahkamlanishi ko‘p jihatdan “iqtisodiy kommunikasiya” jarayonlarini tashkil qilish darajasiga bog‘liq. Auditorlik tekshiruvida ichki audit xizmati ham muhim o‘rin egallaydi. Chunki ichki audit bevosita ishlab chiqarish jarayonida texnologik operatsiyalarni nazorat qilish xarajatlarni tahlil etish va boshqaruv uchun zaruriy ma'lumot yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan auditning milliy standartlaridan amaliyotda foydalanishimizda xorij mamlakatlari tajribasidan kengroq foydalanish lozim. Shunday qilib auditning xalqaro standartlarini milliy standartlarimiz bilan taqqoslash lozim. Biz yuqorida keltirib o‘tgan muammolar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan vaqtda nazoratni to‘g‘ri tashkil qilish uchun o‘z yechimini topishi, keltirilgan takliflarga amal qilinishi esa bu yechimni hal qilishda muhim omil bo‘ladi. Korxonalarda davr xarajatlari auditini tashkil etish, rejalashtirish va sifatli auditorlik xizmatidan foydalanish uchun auditorlik firmalari faoliyati va auditorlar malakasini aniqlashda va ularni tanlashda yuqoridagi takliflardan foydalanish ijobiy natijalarga erishishga olib keladi. Korxona davr xarajatlarini audit qilishda biz yuqorida aytib o‘tgan qonun, auditning milliy standartlariga muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek “Mahsulot (ish xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq kelishligi zarur. Davr xarajatlarini tekshirishda auditor tomonidan tekshiruv strategiyasini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Auditorlik tekshiruvi, odatda, har doim muayyan muddat bilan chegaralangan bo‘ladi. Ana shu tekshiruvlar tufayli yirik va o‘rta korxonalarda auditorlik tekshiruvi har doim ham muvoffaqiyatli chiqavermaydi. Bizningcha, auditor tekshiruv strategiyasi bu tekshiruv maqsadiga erishishning eng oqilona yo‘llarini tanlashga asoslangan va auditor tajribasi, malakasiga, auditor firmasi va mijoz hamkorligining uzoq muddatliligiga, ya'ni mijoz bilim Korxonalarda davr xarajatlari auditini tashkil etish, rejalashtirish va sifatli auditorlik xizmatidan foydalanish uchun auditorlik firmalari faoliyati va auditorlar malakasini aniqlashda va ularni tanlashda yuqoridagi takliflardan foydalanish ijobiy natijalargdarajasiga, auditda yechiladigan masalalar mohiyatiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu masalalarni yechishda xorijiy tajribalar va boshqa elementlarning amaliyotga tadbiq etilishi muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa auditorlar faoliyatini tender qilish va ularni baholash tufayli sifatli kafolatlangan audit-konsalting xizmatiga erishishga imkoniyat beradi. Davr xarajatlarini audit qilishdan oldin audit dasturi tuziladi. Audit dasturi audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan auditorlik rusum-qoidalari mazmunining batafsil ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. 5 Dastur auditor assistentlari uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi va bir vaqtning o‘zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Davr xarajatlarini tekshirishda auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak, toki auditor ish jarayonida o‘zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik rusum-qoidalari o‘z ichiga buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo‘yicha oborotlar va sal'do to‘g‘ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni oladi. Shuningdek auditorlik rusum-qoidalari dasturi ana shunday aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Auditni o‘tkazish shartlari va auditorlik rusum-qoidalari natijalarining o‘zgarishiga bog‘liq holda audit dasturi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. o‘zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak. Auditorlik dasturining har bir bo‘limi bo‘yicha auditorning ish hujjatlarida rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun fakt materiali, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub'ektning Davr xarajatlari to‘g‘risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi . Davr xarajatlari audit qilganda auditorning ishning oson davom etishi maqsadida auditorlik tanlash usulini qo‘llaydi. Auditorlik tanlash bu o‘rganilishi lozim bo‘lgan to‘plamdan zaruriy miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun to‘plamga tarqatilishi tushuniladi. Auditorlik tanlash auditorlik ishi texnologiyasi, auditorlik isbotlarini to‘plash usullari, buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi bilan bog‘liq. Auditorlik tanlash quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: - vaqt va moddiy-moliyaviy mablag‘larni tejashda; - umumiy to‘plam haddan tashqari ulkan bo‘lib, yoppasiga tekshirish imkoniyati bo‘lmaganda; - tekshirish ob'ektini to‘laroq, chuqurroq o‘rganishda. Tanlash reprezentativ, ya'ni ishonchli bo‘lishi lozim. Bu talab davr xarajatlari jamlanmasining barcha elementlarini tanlash uchun saylanish teng asosdagi ehtimollikka ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Reprezentativlikni ta'minlash uchun auditorlik tashkiloti quyidagi usullarning biridan foydalanishi mumkin: - tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. - muntazam tanlash. Elementlarni tasodifiy tanlangan sondan boshlab muntazam oraliq orqali tanlanishini ko‘zda tutadi. Oraliq yo jamlanma elementlarini muayyan sonida yoki qiymatni baholash asosiga quriladi. - aralash tanlash. Tasodifiy va muntazam tanlashning turli uslullari uygunligini ifodalaydi. Auditorlik tashkiloti, tanlashning o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha auditorlarning professional mulohazasi butun jamlanmaga daxldor bo‘lmagan vaqtda noreprezentativ, ya'ni ishonchli bo‘lmagan jamlanmani ishga solishga haqli. Auditor alohida olingan operatsiyalar guruhini alohida topshirganda yoki tegishli ravishda ehtimolli xatolar belgilangan operatsiyalar toifasini tekshirganda noreprezentativ tanlash qo‘llanishi mumkin. Auditorlik tashkiloti hisobvaraqlar bo‘yicha sal'do va operatsiyalarning aks ettirilishi to‘griligini tekshirish yoki tekshirilayotgan jamlanmaning elementlari soni juda ham kamligidan statistik usullarning qo‘llanishi to‘la huquqli bo‘lmaganligi sababli nazorat tizimi vositalarini yaxlit tarzda tekshirishi yoki agar auditorlik tanlashning qo‘llanishi yaxlit tekshiruv o‘tkazishdan ko‘ra samarasizroq bo‘lsa, tekshirishi mumkin. Auditorlik tanlash tekshirilayotgan jamlanmaning 100 foizdan kam bo‘lgan ob'ektlariga nisbatan auditorlik rusum-qoidalarini qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday ob'ektlar deganda hisobvaraqlar sal'dosini tashkil etuvchi elementlar yoki butun tekshirilayotgan jamlanma haqida bir fikrga kelishga imkon beruvchi auditorlik dalillarini yigish uchun xarajatlar hisobvaraqlari bo‘yicha aylanma (oborot)larni tashkil etuvchi operatsiyalar tushuniladi. Tanlashni tuzish uchun auditorlik tashkilotiga oid buxgalteriya hisobotining aniq, muayyan bo‘limini tekshirish tartibini, tanlash o‘tkazish amalga oshiriladigan, tekshirilayotgan jamlanmani va tanlash hajmini belgilab olishi kerak. Auditorlik tashkiloti o‘rganilayotgan jamlanmani shu tarzda aniqlashi kerakki, u auditning maqsadiga muvofiq kelsin. Jamlanma muayyan tarzda identifikasiya qilinadigan birliklar to‘plamidan tashkil topishi kerak. Auditorlik tashkiloti jamlanma elementlar tanlashini unga o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga imkon beruvchi samarali va tejamkorlik tarzida o‘tkazadi. Tanlashni o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganilayotgan jamlanmani har birining elementlari o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida guruhlarga ajratishi mumkin. Jamlanmalarni ajratish mezonlari shunday bo‘lishi kerakki, har qanday element bo‘yicha, u qanday jamlanmaga tegishli guruhga oid ekanligini aniq ko‘rsatish mumkin. Stratifikasiya deb nomlanuvchi mazkur rusum-qoida, ma'lumotlar tarqoqligini (variasiyani) kamaytirib, auditorlik tashkilotining ishini yengillashtirishga imkon beradi. Jamlanmaning hajmi (o‘lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash tavakkalchiligini, yo‘l qo‘yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. Tanlash shundan iborat bo‘ladiki, auditorning tanlash ma'lumotlari asosida yuzaga kelgan, muayyan masalalar bo‘yicha fikri, xuddi shu masalalar bo‘yicha butun jamlanmani o‘rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. Tanlash tavakkalchiligi nazorat tizimi vositalarini testdan o‘tkazishda ham, buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo‘yicha oborotlarni va sal'dolarning to‘gri aks ettirilganligini tekshirishda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Auditorlik amaliyotida nazorat tizimi testlari va hisobvaraqlar bo‘yicha oborotlar hamda sal'do to‘griligini tekshirish uchun birinchi va ikkinchi tur tavakkalchiliklar farqlanadi. Nazorat vositalarini testdan o‘tkazishda quyidagi tanlash tavakkalchiliklari farqlanadi: - birinchi tur tavakkalchiligi - tanlash natijasi nazorat tizimining ishonchsizligini ko‘rsatganda, aslida esa tizim haqiqatan ham ishonchli bo‘lgani holda to‘gri farazni rad etish tavakkalchiligi. - ikkinchi tur tavakkalchiligi - tanlash natijasi tizimning ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa nazorat tizimi zaruriy ishonchlilikka ega bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri farazni qabul qilish tavakkalchiligi. Hisobvaraqlar bo‘yicha oborotlar va sal'doning buxgalteriya hisobida to‘gri aks etganligini sinchiklab tekshirishda quyidagi tanlash tavakkalchiliklari farqlanadi: - birinchi tur tavakkalchiligi tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega ekanligidan dalolat berib, aslida esa jamlanma bunday xatolardan xoli bo‘lgani holda to‘gri farazni rad etish; - ikkinchi tur tavakkalchiligi tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega emasligidan dalolat bersa, aslida esa jamlanma jiddiy xatoga ega bo‘lgan holda noto‘gri farazni qabul qilish tavakkalchiligi. To‘g‘ri farazni rad etish tavakkalchiligi auditorlik tashkiloti tomonidan yoki tanlash o‘tkazish natijasida uning hisob-kitobida xato borligi aniqlangan xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan qo‘shimcha ishlarni bajarishni talab etadi. Noto‘gri farazni qabul qilish tavakkalchiligi auditorlik tashkiloti ishi natijalarini shubha ostiga oladi. Xulosa Davr xarajatlari auditining amaldagi holati, o‘ziga hos hususiyati me'yoriy hujjatlar va ilmiy asarlardagi ma'lumotlar asosida keng o‘rganildi. Bunda, davr xarajatlari auditini takomillashtirishga xizmat qiluvchi va hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qancha masalalar mavjudligi aniqlandi. Ularning yechimi bilan bog‘liq nazariy va amaliy ahamiyatga ega xulosalar olindi. Ular quyidagilardan iborat: 1. "Xarajatlar" iqtisodiy kategoriyasiga ilmiy asoslangan, mazmunini yanada keng ifodalovchi muallif ta'rifi berildi. Xarajatlarni turkumlashtirishda asosiy e'tibor doimiy va davr xarajatlariga qaratilib, qiyosiy tahlil asosida mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajmi hususida fikrlar keltirildi. "Direkt-kosting" hisob tizimi davr xarajatlarining tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilindi va asoslab berildi. 2. Soliqqa tortiladigan foyda va buxgalteriya foydasi, ular o‘rtasidagi farqni keltirib chiqaruvchi xarajatlar bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik tafovutlar, ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida BHMSlarida ma'lumotlar berilmaganligi tadqiq etildi. Xalqaro hisob tizimini amalda qo‘llar ekanmiz, milliy standartlarimizda ushbu tushunchalarni kengroq yoritishga e'tiborni kuchaytirish lozimligi asoslandi. Ushbu tushunchalarni, bevosita aloqador huquqiy asos sanalgan, "Moliyaviy hisobotni tayyorlash va takdim etish uchun konseptual asos" BHMSda: "Daromadlar" bo‘limiga 55(a) va 55(v) moddalarini kiritish, ularda "Buxgalteriya foydasi" va "Soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladigan xarajatlar" tushunchalariga izohlar berish taklifi berildi; №1-"Hisob siyosati va moliyaviy hisobot" BHMSda: "Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot" bo‘limidan so‘ng "Doimiy va vaqtinchalik farqlar" bo‘limini kiritish va unda yuqorida ushbu tushunchalarga berilgan ta'riflar va farqlarni keltirib chiqaruvchi sabablar yoritilishi tavsiya qilindi. 3. Ob'ekti korxonalarining buxgalteriya hisobi ma'lumotlari tahlili davr xarajatlari tarkibida operasion xarajatlarning yuqori salmoqqa ega ekanligini va ular dinamikasining realizasiya hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional shaklda ekanligini ko‘rsatdi. Operasion xarajatlarning aksariyat qismini maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalar bilan davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan mulk, ekologiya, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar tashkil qilishi aniqlandi. Buning natijasida, ayrim davrlarda mahsulot sotishdan tushgan sof tushumga nisbatan davr xarajatlari va ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisining yuqoriligi ilmiy asoslandi. 4.Amaldagi Nizomning bosh maqsadlaridan biri-xo‘jaliklarning soliqqa tortish bazasini to‘g‘ri aniqlashdan iboratdir. Shu sabab, Nizomda davr xarajatlariga berilgan ta'rifda, uning moliyaviy jihatlariga asosiy urg‘u berilgan. Jumladan, aksariyat mutahassislik adabiyotlarida ham mazkur me'yoriy hujjatdagi tartibdan kelib chiqqan holda xarajat elementlariga ta'riflar keltirilgan. 5. Davr xarajatlarini auditorlik tekshiruvini rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o‘rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o‘rganishdan ikkita maqsadni ko‘zlaydi: a) audit o‘tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iktisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko‘rsatish. 6. Ichki nazorat tizimini ko‘rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma'muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya'ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o‘rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim. O‘rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan taxlikali vaziyatlarni baholashda to‘plagan ma'lumotlaridan foydalanadi. Lekin, u agar butun auditning taxlikali vaziyatlarini qulay deb baholagan bo‘lsa, shuningdek, korxonaning ichki nazorat tizimini ham ishonchli deb bilmasligi lozim. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Download 133.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling