Davr xarajatlari auditi Reja: Kirish


Davr xarajatlari auditining tashkil etish ketma-ketligi


Download 133.75 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi133.75 Kb.
#1630785
1   2   3   4   5
Bog'liq
64-mavzu

2. Davr xarajatlari auditining tashkil etish ketma-ketligi.
Davr xarajatlari auditini tashkil etish masalalarini o‘rganishda auditning buxgalteriya yozuvlarini tekshirish, hujjatli tekshirish va tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Davr xarajatlari auditini o‘tkazishda hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning 9410-Sotish xarajatlari, 9420-Ma'muriy xarajatlar, 9430-Boshqa operasion xarajatlar schyotlarida o‘z vaqtida va to‘liq hamda ishonarli aks ettirilishini, bu tarzdagi sarflarning to‘g‘ri va asosli ravishda tegishli xarajatlarga qo‘shilishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga e'tibor qaratish zarur.
Davr xarajatlari auditini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (International Accounting Standarts), auditning xalqaro standartlari (International Auditing Standarts) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Auditor tomonidan xarajatlar tekshirilayotganda ma'lum soha, ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda auditorlik tekshiruvi amalga oshirilishi lozim. Masalan, auditor xarajatlarni hisobga olinishini tekshirishni boshlashdan oldin ichki nazoratning usulini test bilan aniqlashi lozim. Bizning fikrimizcha, bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki auditorlik tekshiruvi o‘tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon beradi.
Davr xarajatlari auditida auditning quyidagi usullari qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- joriy auditorlik tekshiruvi; xo‘jalik muomalasi sodir bo‘layotgan vaziyatda o‘tkazilishi lozim. Auditorlik tekshiruvining bu shakli xatolar va kamchilik yuz bergan vaqtda ularni tezkor ravishda to‘g‘rilash hamda bu vaziyatda ilg‘or tajribalarni qo‘llashni tatbiq etishni ta'minlaydi. Bu shaklning afzalligi shundaki, davr xarajatlarini hisoblashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, xatolar yuz bergan vaqtda ularni o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkoniyatini beradi. Shuningdek, joriy auditorlik tekshiruvi korxonada “doimiy” xatolarni aniqlash imkoniyatini ham beradi. Joriy auditorlik tekshiruvi ichki auditorlar tomonidan ham, tashqi auditorlar tomonidan ham o‘tkaziladi. Shuni ta'kidlash lozimki, audit tashabbus tarzida ham, majburiy tarzda ham o‘tkaziladi. Majburiy auditda joriy auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobotlardagi ma'lumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.
- yakuniy auditorlik tekshiruvi; xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganidan, ish bajarib tugallanganidan keyin o‘tkazilishi kerak. Bu shakldagi auditorlik tekshiruvi ancha kech, ya'ni muomalalar sodir bo‘lgandan keyin o‘tkazilsada, uning o‘rni muhimdir.
Yakuniy auditorlik tekshiruvining muhim vazifalaridan biri – bu korxonada davr xarajatlarini hisoblash bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar xususidagi ma'lumotlarni rahbariyatga berishdir. Bu ma'lumotlar asosida korxona keraklicha xulosalar chiqarishi hamda keyingi davrlarda audit natijalaridan foydalanishi mumkin. hujjatli tekshirish davr xarajatlari bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining to‘g‘ri bajarilganligini aniqlash maqsadida hujjatlar bo‘yicha tekshirishning amalga oshirilishini anglatadi. Hujjatli tekshirishning manbalari bo‘lib, xo‘jalik sub'ekti sarf-xarajatlari to‘g‘risida hisobot, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti va boshqalar hisoblanadi. Davr xarajatlari auditining maqsadi tekshiriladigan ob'ektlarni qamrab olish darajasi hamda hujjatlarni qay darajada olishga bog‘liq holda auditor tomonidan tekshiruv davomida turli xil usullar ishlatilishi mumkin. Auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi davomida o‘tkaziladigan usullarga quyidagilar kiradi: -xo‘jalik yoki buxgalteriya muomalalarining bajarilishini kuzatish; -og‘zaki so‘rov; -yozma tasdiq olish; -mijozning uchinchi shaxsdan olgan hujjatlarini tekshirish; -mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlarni tekshirish; -arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish. Xo‘jalik yoki buxgalteriya muomalalarini bajarilishini kuzatish usulida auditor davr xarajatlari summalarini buxgalteriya schyotlarida qay darajada aks ettirilayotganligini tekshiradi. Og‘zaki so‘rov usuli buxgalteriya hisobi xodimlaridan tekshiriladigan ob'ekt xususidagi savollar bo‘yicha og‘zaki so‘rov o‘tkazilishini bildiradi. Og‘zaki so‘rov usuli buxgalteriya xodimlari va uchinchi shaxslarning “savol-javob-natija” tamoyili qo‘llash bilan xodimlarni og‘zaki testdan o‘tkazishni anglatadi. Bu usul odatda auditorlik tekshiruvi boshlanishidan oldin o‘tkaziladi va so‘rov natijasida auditor auditorlik tekshiruvini o‘tkazishni rejalashtiradi. Og‘zaki so‘rov o‘tkazilishi uchun auditor tomonidan davr xarajatlari bo‘yicha savolnomalar oldindan tuzilishi ham mumkin. Og‘zaki so‘rov natijalari auditorlik tekshiruvining keyingi bosqichlarida ham qo‘llanishlishi mumkin. Mijozning uchinchi shaxsdan olgan hujjatlarini tekshirish usuli ham xarajatlar tarkibidagi soliqlar, to‘lovlar va ajratmalarni audit qilishda keng qo‘llaniladi. Uchinchi shaxsdan olingan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
hisobotdagi moliya, soliq, bank organlari bilan hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ko‘chirmasi, kredit shartnomasi va hokazo);
• korxona huquqlarini ifodalovchi yuridik hujjatlar.
Auditor bu hujjatlardagi ma'lumotlarning to‘g‘riligini, aniqligini tekshiradi. Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlarni tekshirish usuli eng asosiy usullardan biridir. Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlar bo‘yicha mas'uliyat ichki bo‘lib, uning to‘g‘riligi ichki nazorat tizimiga bog‘liq. Ularga korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida hisobot, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot va boshqalar kiradi.
Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish usulini o‘tkazish ichki nazorat tizimi tashkil etilishiga bog‘liq. Agar auditor ichki nazorat tizimi ishini qoniqarli deb topsa, arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tanlov asosida o‘tkaziladi. Agarda auditor ichki nazorat tizimi ishini yomon deb topsa, bu usul to‘liq o‘tkaziladi. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish usuli qo‘llanilganida auditor davr xarajatlarining to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligini tekshiradi. Yuqoridagi usullardan tashqari auditor davr xarajatlari bilan bog‘liq auditorlik isbotlarini yig‘ishda quyidagi usullardan ham foydalanishi mumkin: mijozning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish, alohida xo‘jalik muomalalari bo‘yicha hisob qoidalarini kuzatish, jarayonni kuzati borish, muqobil balans tuzishga tayyorgarlik ko‘rish. Bu usullar muayyan vaziyatlarda auditor tomonidan qo‘llaniladi. Hozirda ko‘pgina xo‘jalik sub'ektlari davr xarajatlarining ma'lum xarajat turlari soliq solinadigan bazaga kiritilishi, ba'zilari kiritilmasligi ustida qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shuningdek, davr xarajatlarining 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyotida xarajatlarning har xil turdagilarining mavjudligi va ularning ma'lum bir tartibga solinmaganligidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. undan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda ushbu xarajatlarni ma'lum bir tartibga solish maqsadida quyidagi analitik schyotlarni ochish taklif qilinadi:
• kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari;
• maslahat va axborot xizmatlari xarajatlari;
• kompensasiya va rag‘batlantirish tusidagi xarajatlar;
• ish xaqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar;
• bank va depozitariy xizmatlari xarajatlari;
• zararlar, jarimalar, penyalar;
• boshqa xarajatlar.
Bunday takliflar berilishidan maqsad, davr xarajatlari hisobining auditini osonlashtirish va maqsadga muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bunda har bir auditor tartibga tushirilgan xarajat moddalarini oson tekshira oladi hamda bunga ko‘p vaqt talab etilmaydi. Davr xarajatlari auditini to‘g‘ri yuritish uchun, eng avvalo, audit qilinadigan ma'lumotlarning sifatini oldindan tekshirish lozim. To‘g‘ri va sinchiklab tekshirilgan ma'lumotlar asosidagina mazkur xarajat elementlarining natijaviy tomonlarini ko‘rsatish, kamchiliklarni ochib berish va samaradorligini yaxshilashga oid choralarni belgilash mumkin. Shu o‘rinda alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, bugungi kunda auditga tegishli aksariyat adabiyot va manbalarda davr xarajatlarini tahlil qilish yo‘nalishlari va uslublari o‘z aksini topmagan. Ko‘proq mahsulot tannarxini tashkil qiluvchi ishlab chiqarish xarajatlarining tahlil qilish va tekshirish jarayonlari va bosqichlari yoritilgan. Chunki, ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil va audit qilish uslubiyoti bo‘yicha bizning iqtisodiy tizimimizda ko‘p yillik tajriba mavjud. Aksincha, davr xarajatlarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajribalarning juda kamligi, ushbu yo‘nalishdagi audit uslubiyotining to‘liq shakllanmaganligidan dalolat beradi. Buning sababi, davr xarajatlari va u bilan bog‘liq «qisqartirilgan tannarx» tizimining iqtisodiyotimizga yaqindagina, ya'ni Nizomning amalga kiritilishi davridagi qisqa fursat oralig‘i bilan izohlanadi. Nizom amalga kiritilgunga qadar davr xarajatlari umumxo‘jalik xarajatlari sifatida aks ettirilib, mahsulot tannarxining bir qismini tashkil qilgan, aniqrog‘i, ayrim mezonlarga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga taqsimlangan. Shu sababli ushbu xarajat elementlarining auditi mahsulot tannarxi auditi tarkibida amalga oshirilgan.4
Tadqiqot natijalari. Mahsulot tannarxi korxonalar faoliyatining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir. Bozor munosabatlari shakllanishi bilan, auditdagi asosiy e'tibor xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holatiga qaratilmoqda va bunda mahsulot tannarxining auditiga ham e'tibor qaratilmoqda. Yuqoridagi fikrlardan shu ma'lum bo‘ladiki, bugungi kunda ishlab chiqarish xarajatlari auditi mahsulot tannarxi auditi tarkibida yuritilayotgan bo‘lsa, davr xarajatlarining audit qilinishi xo‘jalik moliyaviy natijalarining auditi bilan uzviy bog‘liqlikda olib borilmoqda va shu tarkibda yuritilmoqda. «Kvant optimum» mas'uliyati cheklangan jamiyatining 2019 yilda jami xarajatlar 2018 yilga nisbatan 1236357 ming so‘mga oshgan va o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobarga ko‘paygan. Xarajatlarning keskin oshib ketishi, asosan yem-xashak, yoqilg‘i, o‘g‘it bahosining o‘sishi hamda yangi mahsuldor chorva mollarining sotib olinishi xarajatlari hisobiga bo‘lgan. Davr xarajatlari ham o‘tgan yilga nisbatan oshgan (1-jadval). Umuman olganda, jami xarajatlar ham, davr xarajatlari ham oshgan. Mazkur holatni salbiy baholash lozim.
Davr xarajatlari, asosan mutloq summada o‘rganiladi. Shuningdek,nisbiy darajasi va o‘zgarishlariga ham katta ahamiyat beriladi. Davrxarajatlarining
tovar aylanishiga yoki realizasiya xajmiga bo‘lgan nisbiydarajasi auditda muhim rol o‘ynaydi.
1-jadval Toshkent viloyati Qibray tumani «Kvant optimum» mas'uliyati cheklangan jamiyatining sarf-xarajatlar tahlili (mln so‘m)




Download 133.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling