Davr xarajatlari tarkibi va hisobi


Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari


Download 83.68 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1498419
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davr xarajatlari hisobi

Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari;

  • Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lash bilan bog’liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq.
  • Yangi ishlab chiqarishlarni, tsexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni o’zlashtirish xarajatlari.
  • Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko’rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko’rish.
  • Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar.
  • Foydalanishdagi to’liq eskirgan uskuna uchun to’lov.
  • Ishlab chiqarish jarayonini to’xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni saqlash hamda ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.
  • Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
  • Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
  • 9410-«Sotish xarajatlari»;
  • 9420-«Ma’muriy xarajatlar»;
  • 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»;
  • 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
  • Hisobchilikning jurnal order shaklida sotish bo’yicha xarajatlarning analitik hisobi 15-sonli qaydnomada yuqorida keltirilgan alohida xarajatlar kesimida keltiriladi. Davr xarajatlarining debet oborotlari jami №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo’yicha oborotlari esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
  • Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
  • Yuqoridagi keltirib o’tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
  • Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari 9440-«schyotida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi.
  • Hisobot davri oxirida 9440-schyotning debetida yig’ilgan xarajatlar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkaziladi. 9440-schyotning debetida hisobga olingan xarajatlar balansdan tashqari 010-«Vaqtli tafovutlar bo’yicha xarajatlar» schyotida yig’ib boriladi. Sodir bo’lgan muomalalar summasiga 9440-schyotning debeti bilan birga, 010-schyotda ham yozib boriladi. 010-schyotning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir uchun sarflangan xarajat va undan olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya raschyotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling