Davr xarajatlari tarkibi va hisobi


Download 83.68 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1498419
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davr xarajatlari hisobi

Davr xarajatlari tarkibi va hisobi

Guruh: SSI 92/21

Bajardi: Mamatholiqova Nodira

Reja:

  • Sotish xarajatlari hisobi.
  • Ma’muriy xarajatlar hisobi.
  • Boshqa operatsion xarajatlar hisobi.

Davr xarajatlarini tarkibi va hisobi

Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek umumxo’jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.

«Davr xarajatlari»ga quyidagi xarajatlar kiradi.

Sotish xarajatlari

Tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobilь, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar kiritiladi.

  • Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan:
  • Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog’liq mehnatga haq to’lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
  • Ijtimoiy sug’urtaga xarajatlar.
  • Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.
  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
  • Inventarlar va xo’jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfektsiya qilish va h. k.) bilan bog’liq boshqa xarajatlar.

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling