Davriy bo’lmagan signallar spеktrlari taxlili
Download 0.93 Mb.
|
2-amaliy mashgulot
Davriy bo’lmagan signallar spеktrlari taxlili2-amaliy mashgulotReja. 1. Nochiziqli elеktr zanjirlar 2.Paramеtrik zanjirlar 3.Signallarni taxlil etishda aproksimatsiya turlari va ularga qo‘yilgan talablar.Nochiziqli elektr zanjirlar Аgar elektr zanjirida koʼrsatkichi kattaligi oʼtayotgan tok qiymati yoki qoʼyilgan kuchlanishga bogʼliq biror-bir qarshilik, kondensator yoki induktivlik bor boʼlsa, bunday Elektr Zanjir nochiziqli elektr zanjir (NEZ) hisoblanadi. Bunda R=F(u,i), C=F(u) yoki L=F(i) boʼladi. Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. K.ning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K.da suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt K.da suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday K.lar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr K. — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. K.ning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. K.lar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi. Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar SIGNAL Signal – bu fizik jarayon bolib, uning parametrlari uzatilayotgan xabarga muvofiq ozgaradi, signal axborotning material tashuvchisidir. Taqdim etish usuliga kora signallar ikki guruhga bolinadi – tasodifiy va deterministik. Ular matematik model yoki signal parametrlarining ozgarishini tavsiflovchi funksiya bilan xarakterlanadi. Deterministik signallar analitik funksiya (analitik aniqlangan) bilan tasvirlanadi va ularning xatti-harakati har qanday vaqtda toliq malum boladi. Deterministik signallar, oz navbatida 2 ta davriy va davriy bolmagan korinishda boladi Davriy bolmagan signallari odatda, vaqt ichida cheklangan. Tasodifiy signal vaqt funksiyasidir, uning qiymatlari oldindan nomalum va faqat malum ehtimol bilan taxmin qilish mumkin. Tasodifiy signallarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: – taqsimlash qonuni (malum intervalda signal qiymatining kirib kelish nisbiy vaqti), – quvvatni spektral taqsimlash Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling