Davriy bo’lmagan signallar spеktrlari taxlili


Download 0.93 Mb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1029975
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashgulot

U=U1+U2 (8.6)
boʼlsa, parametrik elementdan oʼtayotgan tok
i=G(t)∙(U1+U2)= G(t) ∙U1+ G(t) ∙U2=i1+i2 (8.7)
boʼladi. (8.7) ifodadan koʼrinib turibdiki, PEZ larga nisbatan superpozitsiya printsipini qoʼllash mumkin.
PEZ dan oʼtayotgan tok spektri kirish signali spektridan farqlanadi, yaʼni bunday EZ da yangi spektral tashkil etuvchilar paydo boʼladi. Masalan: parametrik rezistor oʼtkazuvchanligi (8.5-rasm) vaqt boʼyicha garmonik tebranish qonuni bilan oʼzgarishi, yaʼni
G(t)= Gmcosω0t (8.8)
boʼyicha oʼzgarsa va uning kirishiga
Uk=Umcosω0t (8.9)
garmonik oʼzgaruvchi kuchlanish berilsin.
Bunda PE (rezistor) dan oʼtuvchi tok (8.5) ga asosan
i=Gmcosω1t ∙Umcosω2t (8.10)
ga teng boʼladi. (8.10) formulani trigonometrik funktsiyalar koʼpaytmasi shaklida oʼzgartirsak
i=0,5GmUmcos(ω2t-ω1t) + 0,5GmUmcos(ω2t+ω1t) (8.11)
koʼrinishini oladi.
(8.10) ifodadan PE lar kirish signali spektrini boyitish xususiyati koʼrinib turibdi (8.5b-rasm).
Nochiziqli parametrik elektr zanjirlar rezistor, induktivlik va kondensatorlarning baʼzilari parametrik element boʼlish bilan bir vaqtda nochiziqli element xususiyatiga egadirlar. Аgar EZ da shunday elementlardan birortasi boʼlsa, u holda bunday EZ nochiziqli parametrik elektr zanjir deb hisoblanadi.
Signallarni taxlil etishda aproksimatsiya turlari va ularga qoʼyilgan talablar.
Nochiziqli elementlarning VАX lari tajriba yoʼli bilan olinib, odatda grafik yoki jadval shaklida keltiriladi. Ushbu grafik yoki jadval shaklida keltirilgan VАX larni tegishli matematik ifodalar bilan almashtirish NE ning kirish kuchlanishiga aks taʼsirini kerakligicha aniqlikda, oson hisoblash imkoniyatini berish bilan birga u yoki bu nuqtai-nazardan eng maqbul ishlash holatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Nochiziqli elementning grafik yoki jadval shaklida berilgan VАX ni analitik (matematik) ifoda bilan almashtirish approksimatsiyalash deb ataladi.
Аpproksimatsiyalovchi funktsiyalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • Аpproksimatsiyalovchi funktsiya iloji boricha oddiy boʼlishi kerak, bu funktsiya orqali bajariladigan matematik amallarni soddalashtiradi va hajmini kamaytiradi.
  • Аpproksimatsiyalovchi funktsiya oddiy boʼlishi bilan birga nochiziqli elementdan oʼtayotgan umumiy tok tarkibidan kerakli spektral tashkil etuvchilarini aniqlash imkoniyatini berishi kerak.
  • Аpproksimatsiyalovchi funktsiya oddiy boʼlish va tok kerakli spektral tashkil etuvchisini aniqlash bilan birga u yordamida topilgan tok va kuchlanishlar qiymati berilgan aniqlikda realь VАX yoki jadval orqali aniqlanadigan qiymatlarga talab etilgan darajada mos kelishi kerak.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling