Davriy o‘zgaruvchi kuchlanishlardagi mustahkamlik 1- §. Umumiy tushunchalar


Download 165.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi165.22 Kb.
#1376071
Bog'liq
HlstsAgLsBVRWgypt1jyrvWx3HNI5nyFPpvLVD2m



355
XIV bob 
DAVRIY O‘ZGARUVCHI KUCHLANISHLARDAGI
MUSTAHKAMLIK 
1- §. Umumiy tushunchalar 
Inshoot va mashinaning turli qismlarida ishlash jarayonida miqdori
hamda ishorasi o‘zgaruvchan kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Vagonlarning 
o‘qida bunday kuchlanishlar paydo bo‘ladi. O‘qning ko‘ndalang 
kesimida sof egilish deformatsiyasi sodir bo‘ladi.
14.1-rasmda ko‘rsatilgan A nuqtada miqdori +M
/W ga teng 
cho‘zuvchi kuchlanish, o‘qni 90
o
ga bursak A nuqta neytral o‘qning 
ustida joylashadi, kuchlanish esa nolga, 180
o
ga bursak A nuqta 
siqiluvchi sohaga joylashadi, kuchlanish esa – M
/W ga teng bo‘ladi. 
360
o
ga buralganda A nuqta dastlabki holatiga qaytadi. Kuchlanish 
ishorasining to‘la almashishi (bizning misolda vagon o‘qining bir marta 
to‘la aylanishi) ga sikl, bunday nagruzkaga siklik nagruzka deyiladi.
14.1-rasm. Siklik nagruzka ta’siridagi detalning hisobi. 


356
Ekspluatatsiya jarayonida bunday sikllar soni juda katta bo‘lishi 
mumkin. 
Shartli ravishda vagon g‘ildiragi diametrini 1 metr deb qabul 
qilsak, har 3,14 metr yo‘lda kuchlanish ishorasi to‘la almashadi. 1000 
km masofada bunday sikldan taxminan 330000 ta sodir bo‘ladi. XIII-
bob, 4da ko‘rib chiqilgan sistemaning tebranishi ham siklik 
nagruzkaga misol bo‘ladi. 
Uzoq muddat siklik nagruzka ta’siri ostidagi konstruksiya 
detallarining ishlashi materialning to‘satdan yemirilishiga va sinishiga 
olib keladi. Lokomotiv va vagon o‘qlarining sinishida bu jarayonni 
ko‘rish mumkin. 
Buzilgan yuzalar ikki qismga ajralib qoladi, biri silliq-plastik, 
ikkinchisi kristallsimon-mo‘rt materiallarga xos. 
Siklik nagruzka ta’sirida plastik materialdan mo‘rt material 
«tug‘iladi» (hosil bo‘ladi) degan xulosaga kelish mumkin. Bu hodisaga 
materialning toliqishi deyiladi. 
Hozirgi vaqtda bu hodisaga boshqacha izohlar ham mavjud. 
Chunonchi, buzilishning asosiy sababchisi mikroskopik (sochsimon) 
darzlarning paydo bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan siklik nagruzka ta’siri 
ostida bu darzlar rivojlanadi. 
Darz tekisligi bir-biriga ishqalanish natijasida buzilishning 
«plastik» sohasini tashkil qiladi. 
Darzlarning hosil bo‘lishiga materialning va uni qayta ishlashdagi 
nuqsonlar sababchi bo‘ladi.
Bundan tashqari nagruzkaning parametrlari, turlari, shakllari 
hamda boshqa omillar darzlarga sababchi bo‘ladi. 
2- §. Siklik kuchlanishning parametrlari 
Siklik kuchlanishlar nagruzkaning davriy o‘zgarishi (masalan, 
ichki yonuv dvigatellarining devorlari) natijasida yoki avval ko‘rib 
chiqilgan hol doimiy nagruzka ostidagi detal holatining o‘zgarishidan 
hosil bo‘ladi. 
Materialning buzilishi siklning soni va xarakteristikalariga 
bog‘liqdir. 
Siklning xarakteristikasini ko‘p marta egiladigan sim misolida 
ko‘rib chiqamiz (14.2-rasm). 

Document Outline

  • Материаллар
    • XIV bob 
    • DAVRIY O‘ZGARUVCHI KUCHLANISHLARDAGI MUSTAHKAMLIK 

Download 165.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling