Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Kobalt, Ni-nikel) xossalari va ishlatilishi


Temir, kobalt va nikel galogenidlari


Download 28.22 Kb.
bet3/5
Sana26.12.2022
Hajmi28.22 Kb.
#1066647
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 мавзу Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Ko

Temir, kobalt va nikel galogenidlari. Bu elementlar qizdirilganda (suv bug’i ishtirokida) galogenlar bilan oson birikadi. Kobalt va nikel galogenlar bilan Co (II)-hamda Ni(II)-galogenidlar hosil qiladi; kobalt ftor bilan ftorid CoF3 ham hosil qiladi.
Fe + 2HCl → FeCl2+H2
Fe + 3Cl→ 2FeCl3
Temir, kobalt va nikel galogenidlar uchuvchan moddalardir. Ular suv bilan kristallogidrat hosil qiladi (masalan, CoCI∙ 6H2O) lar.
Temir Fe. Z = 26. Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan og’ir metall bo’lib, erkin holda juda kam uchraydi. Temir minerallari tabiatda keng tarqalgan. Uning sanoat uchun ahamiyatli rudalari jumlasiga magnetit Fe3O4 (unda 72% Fe bor), gematit Fe2O3 (70% Fe), limonit Fe2O3. H2O (yoki FeOOH), siderit FeCO3 (48% Fe) kiradi. Tabiatda temirning oksid rudalaridan tashqari ko’p miqdorda pirit Fe2S ham uchraydi.
Olinishi. Temir metallurgiyasida hosil qilinadigan metall toza bo’lmaydi; uning tarkibida uglerod, oltingugurt, fosfor, marganes va silisiy qo’shimchalari bo’ladi.
Shuning uchun kimyoviy toza temir quyidagi usullar bilan olinadi:

  1. temir oksidini vodorod bilan qaytarish: Fe2O3+3H2→3H2O+2Fe\

Bunda hosil qilingan temir kukun holida bo’lib, u pirofor xossa namoyon qiladi, ya’ni havoda o’z-o’zidan yonib ketadi;


  1. temir karbonilni termik parchalash:
    Fe(CO)5 → Fe +5CO

  1. temir tuzlari (ko’pincha xloridlar) ning suvdagi eritmasini elektroliz qilish: Fe2+ + 2e → Fe



1,2 usullar bilan olingan kukun holidagi temir presslanib, undan yaxlit metall tayyorlanadi. U yaxshi magnitlanadigan, minimal gisterezis ko’rsatadigan “ancha yumshoq” modda. Temir texnikada, asosan, cho’yan va po’lat holida olinadi. Cho’yanda 90-93% temir, 2-4% uglerod bo’ladi; S, R, Mn, Cr, Ni, V kabi qo’shimchalar miqdori cho’yan hosil qilishda ishlatiladigan rudaning sifatiga bog’liq. Po’lat tarkibida 0,3-1,7% uglerod bo’ladi: yumshoq temir tarkibida esa uglerod miqdori 0,3% da kam.

Download 28.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling