Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Kobalt, Ni-nikel) xossalari va ishlatilishi


Download 28.22 Kb.
bet4/5
Sana26.12.2022
Hajmi28.22 Kb.
#1066647
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 мавзу Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Ko

Xossalari. Toza temir – oq tusli yaltiroq metall: uning Moos shkalasidagi qattiqligi uncha yuqori emas (atigi 4,5 ga teng) zichligi 7,87 g/sm3, suyuqlanish harorati 15390C. Temir to’rtta allotropik shakl o’zgarishiga ega. (α-, β-, γ- va δ- temir), α-temir 7690C ga qadar mavjud ferromagnit xossaga ega. Moddalarning ferromagnit xossasini yo’qotish harorati Kyuri nuqta deb ataladi; binobarin, temirning Kyuri nuqtasi 769 0C ga teng. 7690C dan 9060C gacha mavjud bo’lgan temir modifikasiyasi β-temir deb ataladi. α-temir β- temirga o’tganda uning kristall strukturasi deyarli o’zgarmaydi: u hajmi markazlashgan kub shaklida qolaveradi. 9060C da β-temir γ-temir aylanib, hajmiy markazlashgan kub yoqlari markazlashgan kub strukturaga o’tadi. Lekin metall paramagnitligicha qoladi. 14010C polimorf o’zgarish sodir bo’lib, 15390C da suyuqlanadi. Termoelektr tokini yaxshi o’tkazadi. Temir o’rtacha kimyoviy faollik namoyon qiladi. Quruqda havo (odatdagi haroratda) temir passiv element, lekin nam havoda tez oksidlanib, zanglaydi. Qizdirganda (ayniqsa kukun holatda) deyarli barcha metalmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Bunday reaksiyalar natijasida tuzlar (masalan, FeS, FeCI3), metallsimon moddalar (masalan, Fe3C, Fe3Si, Fe3P, Fe4N, Fe2N) va qattiq eritmalar (masalan, Fe bilan S, Fe bilan Si, Fe bilan N, Fe bilan P, Fe bilan V larning o’zaro qattiq eritmalari) hosil bo’ladi. Temirning normal elektrod potensial manfiy qiymatli (E0 = - 0,44 V) bo’lgani uchun u suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyalarga kirishib, vodorodni siqib chiqarib, Fe (II)-tuzlarini hosil qiladi, konsentrlangan HNO3 da Fe passivlanadi. Temir ishqor bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi.

Kobalt Co. Z=27. Kobaltning tabiatda uchraydigan eng muhim minerallari smaltin CoAs2. Kobalt minerallari mis, nikel, temir, marganes minerallarida va polimetall rudalarda qo’shimcha tarzida uchraydi. Kobalt birikmalari inson, hayvon va o’simliklar organizmida ham bo’ladi. Kobalt texnikada polimetall rudalarni qayta ishlash natijasida olinadi. Bir qator piro- va gidrometallurgiya jarayonlari bajarilganidan keyin, avval, Co3O4 hosil qilinadi; u so’ngra ko’mir yoki vodorod bilan qaytariladi:
Co3O4 + 4H2 →3Co + 4H2O
Kobalt olishda ba’zan alyumotermiya usulidan foydaniladi. Kobalt erkin holatda yaltiroq oqish-kul rang metall. U temirga qaraganda ancha qattiq va mo’rt. Kobaltning ikkita allotropik shakl o’zgarishi ma’lum. Odatdagi sharoitda 4170C gacha α- kobalt β-kobaltga aylanadi; β-kobalt yoqlari markazlashgan kub strukturaga ega. Β-kobalt 14950C gacha barqaror bo’lib, 14950C da suyuqlanadi. Kobalt ferromagnit modda. Kobaltning kimyoviy faolligi temirnikidan bir oz kam. U odatdagi sharoitda barqaror, faqat 3000C dan yuqorida kislorod bilan reaksiyaga kirishib oksidlanadi. Kobalt qizdirilganda deyarli barcha metalmaslar bilan birikadi. Xuddi temir singari metalmaslar bilan qattiq eritmalar (masalan, Co bilan V, Co bilan S, orasida), metallsimon moddalar (masalan, Co3S, CoV, CoV, Co2N) tuzlar (masalan, CoF2, CoS) va oksidlar (masalan, CoO) hosil qiladi.
Kobalt kislotalar bilan temirdan ko’ra sustroq reaksiyaga kirishadi: ishqorlarda erimaydi. Kobalt boshqa metallar bilan qattiq eritmalar, intermetall birikmalar, turli qotishmalar hosil qiladi. Kobaltning bir qancha qotishmalari (masalan, tarkibida 5% Co, 28% Cr, 3% Ni, 4% Mo bo’lgan vitallium) o’tga chidamli bo’lib, reaktiv dvigatellar va gaz turbinalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bunday qotishmalar 800-9000C larda ham korroziyaga uchramaydi. Kobaltning kislotaga chidamli qotishmalari ham bor. Uning alniko nomli qotishmasi (50% Fe, 24% Co, 14% Ni, 9% 1,3% Cu) magnitlar tayyorlashda ishlatiladi.


Download 28.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling