Laboratoriya ishi №4 Mis (II), nikel (II), kobalt (II) kationlarining organik reagentlar yordamida sifat analizi Mis (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Mis guruxchasi va mishyak guruxchasi kationlarini vodorod sulfid ta’sirida


Download 37.45 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi37.45 Kb.
#1418310
Bog'liq
Laboratoriya ishi 4


Laboratoriya ishi № 4
Mis (II), nikel (II), kobalt (II) kationlarining organik reagentlar yordamida sifat analizi
Mis (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Mis guruxchasi va mishyak guruxchasi kationlarini vodorod sulfid ta’sirida cho‘ktirish. Tekshirilayotgan eritmaga aralashtirib turib kislotali muhit hosil bo‘lguncha NSl ning 2N eritmasidan tomiziladi va undan 8-10 tomchi ortiqcha qo‘shiladi. Kislota qo‘shilgan eritmaga qaynab turgan suv xammomida 80-90°S ga qadar isitiladi va 10 minut davomida vodorod sulfid yuboriladi. So‘ngra eritma vodorod sulfidli suv bilan suyultiriladi (distillangan sovuq suv ishlatsa ham bo‘ladi) va vodorod sulfid bilan qayta to‘yintiriladi. To‘la cho‘ktirishga (kationlar sulfidlar xolida cho‘kadi) erishilgandan so‘ng aralashma sentrifugalana­
di. Cho‘kmada mis guruxchasi va mishyak guruxchasi kationlari sulfidlari bo‘ladi. sentrifugat (1) tashlab yuboriladi.
Tarkibida mis guruxchasi bor cho‘kmani analiz qilish. Cho‘kma (II) bir necha tomchi NH4 C1 aralashgan vodorod sulfidli suv bilan yuviladi. Yuvilgan cho‘kmani chinni kosachaga solinadi va unga katalizator KNO2 kristallaridan 1-2 dona qo‘shilib, HNO3 ning 2N eritmasida qizdirish bilan eritiladi. Erimay qolgan qismi sentrifugatlanib, cho‘kma (III) ajratiladi. Cho‘kma (III) da HgS, sentrifugat (III) da Cu2+, Bi3+, Cd2+ kationlari bo‘ladi.


Nikel (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Dimetilglioksim C4H8N2O2 (Chugaev reaktivi) Ni2+ kationlari tuzlari bilan ta’sirlashib, qip-qizil kristallik chukma hosil qiladi:



Nikel (II) sulfat eritmasidan probirkaga 4 tomchi solib, 3-6 tomchi ammiakning konsentrlangan eritmasidan qo‘shiladi. So‘ngra dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shilsa, ichki kompleks tuz-nikel dimetilgloksimatning qip-qizil kristallik cho‘kmasi hosil bo‘ladi.


Bu reaksiyani bajarish sharoiti:
- reaksiyani eritmani muhitini rN = 8 ga keltirib (ammiak eritmasi yordamida) bajarish lozim;
- eritmadagi Fe2+ kationlari (bu kationlar ham dimetilglioksim bilan qizil rangli eritma hosil qiladi) vodorod peroksid yordamida Fe3+ ga aylantirilishi kerak;
- eritmada Si2+ va So2+ ionlari bo‘lsa, ular eritmadan yo‘qotilishi lozim, chunki ular Ni2+ ni aniqlashga xalaqit beradi.


Kobalt (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Kaliy nitrit KNO2 kislotali muditda kobalt (II) tuzining eritmasiga ta’sir ettirilganda kompleks tuz K3[Co(NO2)6] ning sariq kristall cho‘kmasi hosil bo‘ladi:



Bu reaksiya So2+ va Ni2+ ionlarini bir-biridan ajratishda qo‘llaniladi.
Download 37.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling