Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish
Download 65.53 Kb.
|
6-mavzu
Mavzu: Og’zaki uslublarning leksik-grammatik xususiyatlariREJA: 1. Og’zaki uslublar 2.Leksik va grammatik xususiyatlariRadio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og‘zaki shaklidir. Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir.Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o‘rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizningxabar berishicha, elchixona xodimining so‘ziga ko‘ra, muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo‘llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo‘shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir.Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy- siyosiy atama va birikmalardan iborat bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tengligi vaPublitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish,kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.Download 65.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling