Daxldorlik xissi


Download 18.04 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi18.04 Kb.
#111547
Bog'liq
2-mavzu


1.“Daxldorlik xissi” tushunchasining ijtimoiy moxiyati. Daxldorlik xissi ijtimoiy birlik, tinchlik, barkarorlik, vatanparvarlikning muxim omili. 

2.Milliy g‘oyaga daxldorlik xissini shakllantirishda oila, maxalla, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining o‘rni. 

3. Milliy g‘oyaning birlashtiruvchi. totuvlik va xamjihatlikni ta’minlovchi omil sifatida xar bir fukaro g‘oyasiga aylanishi. Milliy g‘oya barkaror tarakkiyot omili. 

4.Barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari. Barkaror tarakkiyotning bashariyatga daxldorligi. Uni kadrlash istikbollari.



Daxldorlik xissini eng yuksak namunasi bu milliy g‘oya ruxiyati bilan yashashdir. Lekin, har doim ham daxldorlik bilan yashashga qarshi qaratilgan shunday tahdidlar borki bu avvalo insonlarni, jamiyat va davlatni strategik yo‘nalishini izdan chiqarib tashlaydi. SHulardan biri ma’naviy tahdiddir. Hozirgi murakkab sharoitda mamlakat kelajagi uchun bunday xurujlarga xalqimizning barcha qatlamlari  bir tanu-bir jon bo‘lib kurash olib borishlari zarur. Agarki, biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishi va uni ongli ravishda tushunish hamda g‘arazli maqsadlarga qarshi kurashga shay bo‘lishi lozim. “Agarki mendan, deb yozgan edi Birinchi Prezidentimiz, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz  va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirish, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeiligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi kerak.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritib, uni mustaxkamlash va rivojlanish davriga dadil qadam qo‘ygan yillarda nafaqat iqtisodiyotimiz, siyosat, madaniyat sohasida, ayni bir vaqtda odamlar ongi va tafakkurida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. 59 Odamlarni boqimandalik, o‘zibo‘larchilik, beparvolik kayfiyatlari ularni tark etdi. Ulardagi “hukumatim, davlatim bor, nima g‘amim bor. Nimani hohlasam, nimani istasam, hukumatim etkazib beradi. Fabrikadami, zavoddami, daladami, - el qatori ishlab yursam bo‘ldi. O‘qituvchilik qilamanmi, qorovul bo‘lib ishlaymanmi,- baribir. Vaqtida oylikni olib, boriga baraka qilib, yashayveraman. Qiynalib qolsam, kasaba soyuz tashkilotim bor, darhol ko‘maklashvoradi,” – degan kayfiyat qiyinchilik bilan bo‘lsada, sekin-asta yo‘qola bormoqda.
Download 18.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling