“Madaniyat sohasida boshqaruv mexanizmlari va madaniyat muassasasining vazifasi, strategiyasi”


Download 8.84 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi8.84 Kb.
#1612406
Bog'liq
илмий раҳбар хулосаси


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 5-kurs sirtqi ta’lim bitiruvchisi Mamatqulova Madinabonuning Madaniyat sohasida boshqaruv mexanizmlari va madaniyat muassasasining vazifasi, strategiyasi” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga
ilmiy rahbar xulosasi

Mamatqulova Madinabonuning Madaniyat sohasida boshqaruv mexanizmlari va madaniyat muassasasining vazifasi, strategiyasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, talab darajasida tayyorlangan.


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan xayrli tashabbuslar, olib borilayotgan ezgu sayi-harakatlar natijasidir. Xususan, jamiyat taraqqiyotini ta’minlash yо‘lidagi bunday ilg‘or qadamlar madaniyat va san’at sohasida ham ulkan ma’naviy yuksalishlarga sabab bо‘lmoqda.
Mamlakatimizda ma’naviy muhitni yuksaltirish, madaniyat va san’at sohasini yanada tarraqiy ettirish, sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, ijod ahlining mehnatini rag‘batlantirish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan 50 ga yaqin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlar hamda Vazirlar Mahkamasining 100 dan ortiq qaror va farmoyishlari qabul qilindi.
Madaniyat va san’at jamiyat taraqqiyotining manbayi bo‘lib, qadimdan og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan xalq og‘zaki ijodiyoti ananalarining bugungi kunga qadar yetib kelishda, san’at va madaniyatning kishilar dunyoqarashida, bizni o‘tmish bilan tanishtirishda, buyuk allomalarimiz qoldirgan boy merosimizning bugungi kunga qadar yetib kelib, rivojlanishida o‘rni beqiyos. Butun dunyoda islom madaniyati beshiklaridan hisoblangan yurtimiz jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi allomalarimizni butun jahon tanishi fikrimizning dalilidir.
Tadqiqotchi bitiruv malakaviy ishini yozish davomida “Boshqaruv tushunchasi va uning bugungi kunda tutgan o‘rni”, “Boshqaruv jarayonida rahbarlik faoliyati va mexanizmlari”, “Madaniyat va san’at muassasalarining maqsad va vazifalari”, “Madaniyat va san’at muassasalarini rivojlantirish strategiyasi” kabi paragraflarni yoritish davomida ko‘plab ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar, madaniyat va san’at sohasiga doir imzolangan me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib bitiruv malakaviy ishda foydalangan. Bu albatta tadqiqotchining izlanganligidan dalolat berdi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida ba’zi stilistik va orfografik xatoliklarni kuzatish mumkin. Ammo, bu ishning mazmuniga ta’sir qilmaydi.
Bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar:
“Madaniyat va san’at menejmenti”
kafedrasi dotsenti v.v.b. B.Axmedov
Download 8.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling