Dazmol-bu kiyimlarni tekis va chiroyli ko’rsatuvchi,sifatini uzoq muddat yaxshi saqlashga yordam beruvchi buyum. Dazmol bizga oldindan Utuk’’ so’zi bilan tanilib kelgan va hozir ham bu so’zdan foydalaniladi


Download 1.11 Mb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1383084
1   2
Bog'liq
dazmol

Vazni va o‘lchamlari
Albatta, yo‘l uchun dazmollar eng ixchamidir. Ko‘p joy egallamaydi, vazni 1 kgga bormaydi (odatda 0,5-0,7 kg).
An’anaviy bug‘li dazmollarning vazni 1,8 kggacha bo‘ladi, ammo u og‘ir, shuning uchun 1,5 kggacha bo‘lganini tavsiya etamiz. Safarga olib ketishga kattalik qiladi, uyda saqlasangiz boshqa gap. Simsiz dazmollarning vazni va o‘lchami an’anaviy dazmollarnikiga o‘xshashdir.
Bug‘ purkagichli dazmol vazni 0,8-1,4 kg atrofida. Ishi dazmollash bilan bog‘liq kishilar uchun ayni muddao, ammo suvqozoni va qutisini alohida o‘rnatish uchun qo‘shimcha joy kerak. Qolaversa, qurilma to‘la vazni 5 kgga yaqin tosh bosadi.
Alyuminiy asosli dazmollar uncha qimmat bo‘lmaydi. Harorat rejimiga hushyor yondashish lozim, bu taraflama ancha nozik. Tirnalishga chidamsiz, chunki alyuminiy juda yumshoq metalldir. Afzalliklari – tozalash oson, vazni yengil va tez qiziydi.
Zanglamas (nerjaveyka) metall asosli dazmollar juda keng tarqalgan. Ular sekin qiziydi, ammo afzalliklari ko‘p: tozalash oson, sirti oynaday silliqligi uchun matoda yaxshi sirg‘aladi, yuzasi tirnalmaydi.
Keramika va metallokeramikaning afzalligi hatto o‘ta yuqori haroratda ham yaxshi sirg‘alishidir. Dazmollanayotgan materialga sira yopishib qolmaydi. Osongina tozalanadi. Jiddiy kamchiligi mo‘rtligidir, tashishda ehtiyot bo‘lish kerak. Metallokeramikali dazmol bir qadar mustahkamroq bo‘ladi.
Qanday haroratda dazmollash kerak?
Bu dazmollanadigan mato turiga bog‘liq. Ko‘plab dazmollarning korpusida harorat rostlagich bo‘ladi. Odatda, unda harorat emas, mato turi hamda eng yuqori va eng past harorat (Min va Max) ko‘rsatiladi. Mana eng ko‘p uchraydigan matolarning harorat rejimlari:
Zig‘irpoya, paxta tolasi va zig‘irpoya aralash mato – 210-230°S
Paxta – 150°S
Shoyi – 130°S atrofida
Viskoza — 120-130°S
Poliestrli paxta – 110°S
Korpusida umuman harorat rostlagichi yo‘q dazmollar ham uchrab turadi. Bu ba’zi bug‘ purkagichli dazmollarga xos. Uning harorat sozlamasi universaldir: asos metall 130-140°Sgacha qiziydi hamda kuchli bug‘ yordamida eng dag‘al matolarni ham dazmollash imkoni yaraladi. Bu turdagi dazmollarga OptimalTemp yoki iCare bilan Braun texnologiyali Philips modellarini misol keltirish mumkin.
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling