Dbg’I-50 guruhi talabasi Norboboyev Shohruh mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot fanidan 1-oraliq nazorat ishi


Download 16.1 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.1 Kb.
#193478
Bog'liq
Norboboyev.Shohruh


DBG’I-50 guruhi talabasi Norboboyev Shohruh

MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT FANIDAN 1-ORALIQ NAZORAT ISHI

2-variant



  1. Agregat ko’rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy tahlilda agregat ko’rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi?

  2. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan ko’rsatkichlardan qaysilari makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi?

1. Agregat so‘zi lotincha “aggregatus” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zaro biriktirish, birga qo‘shish, uzviy birlashtirish degan lug‘aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko‘rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig‘ma, to‘plama ko‘rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o‘lchaydi


Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
2. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.

Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi



Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki maxsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.

Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi .Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishid. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy maxsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi.
Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling