Dda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari


Download 61.71 Kb.
bet8/18
Sana18.06.2023
Hajmi61.71 Kb.
#1570417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
fermer xo`jaligi

17-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari
Fermer xo‘jaligi:
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan qonunchilikda va ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlashi;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini ko‘rishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishi;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan e’tiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlashi;
g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
mazkur fermer xo‘jaligi a’zo bo‘lgan suv iste’molchilari uyushmasi balansida turgan sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini, o‘z xodimlari, shu jumladan fermer xo‘jaligida mehnat qiladigan oila a’zolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi;
(17-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi o‘lchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi;
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashi;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan muhofaza qilinishini ta’minlashi shart
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonunuga muvofiq sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 61.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling