Deb ikkilik koddagi sonlarni qo‘shish (jamlash) asosiy arifmetik amalini bajaruvchi kombinatsion mantiqiy qurilmaga aytiladi
Download 412.25 Kb.
|
5-lobaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajaruvchi: Narzullayev J Tekshiruvchi: Abraqulova N Samarqand-2022 5-Laboratoriya ishi Mavzu
- Electronics Workbench
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti “Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishga kirish” 5-Labaratoriya ishi Bajaruvchi: Narzullayev J Tekshiruvchi: Abraqulova N Samarqand-2022 5-Laboratoriya ishi Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish tartibini o’rganish Jamlagich deb ikkilik koddagi sonlarni qo‘shish (jamlash) asosiy arifmetik amalini bajaruvchi kombinatsion mantiqiy qurilmaga aytiladi. Dastlab oddiy holat, bir razryadli ikki sonni qo‘shish: 0+0=0, 1+0=1, 1+0=1, 1+1=10 masalasini ko‘rib chiqamiz. Oxirgi vaziyatda natija ikki razryadli ikkilik kodi yordamida ifodalangan. Yig‘indining katta razryadda paydo bo‘lgan bir o‘tkazish biri deb ataladi. Ikkita bir razryadli sonlarning yig‘indisini bizga qulay bo‘lgan haqiqiylik jadvali ko‘rinishida ifodalaymiz. 1-jadval Bir razryadli jamlagich haqiqiylik jadvali Haqiyqiylik jadvali jamlash amalini bajarish algoritmini MAF mantiq tizimi yordamida oson ifodalaydi: bu yerda, belgisi – ikki moduli bo‘yicha qo‘shish (o‘tkazishsiz). Yarimjamlagich sxemasi 3-rasmda keltirilgan. 2-rasm. To‘liq jamlagich shartli belgisi. (8.1) asosidagi jamlagich sxemasini tashkil etishda ikkita invertor, ikkita ikki kirishli HAM sxemalari va bitta ikkita kirishli YoKI sxemasi kerak bo‘ladi, (8.2) ga ko‘ra esa yana bitta ikkita kirishli HAM sxemasi kerak bo‘ladi, uning chiqishi talab etilgan 1·1=1 katta razryadni o‘tkazishni amalga oshiradi. Tanlangan element bazadan kelib chiqqan holda tashkil etilgan jamlagich sxemasi 8.2-rasmda keltirilgan. 3-rasm. Yarimjamlagich. Sxema ikkita chiqish simiga ega: S yig‘indi va S o‘tkazish, va ikkita kirishga ega. Bu sxema yarimjamlagich deb ataladi. Electronics Workbench dasturida “To’liq qo’shuvchi mantiqiy element” elementini yig’ish. EWB dasturini ishga tushiramiz. Dastavval “ Sources ” bo’limidan “ +Vcc Voltage Source “ elementini tanlab olamiz. Elementning ustiga sichqoncha kursorini olib borib ,sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va qo’yib yubormay tanlagan elementimizni ishchi maydonga joylashtiramiz. Yuqoridagi amalni bajarganimizdan so’ng “Digital” bo’limini tanlab , u yerdan “Full Adder”elementni olamiz.Undan tashqari bizga “ Indicator “bo’limidagi elementlardan ham foydalanamiz.Bizga yana “Basic” bo’limidagi “Switch” piktogrammasi kerak.Olingan piktogrammalarni quyidagi shaklga asosan birlashtiramiz. To’liq qo’shuvchi mantiqiy element elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz va natijalarni olib ko’ramiz.Natijalar kalitlar ya’ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz. Xulosa Biz bu lobaratoriya mashg’ulotida To‘liq qo‘shuvchi (jamlovchi) mantiqiy elementlarini tashkil etishni va ularnin ishlash prinsipini o’rgandik. Download 412.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling