Deb ta’kidlagan edi


Download 26.56 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi26.56 Kb.
#1060158
Bog'liq
Esse



Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog'ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq xo'jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda.
Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishda agrar sohadagi yutuqlar nihoyatda muhimligini qayd etib, "Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani ko‘rmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga borib laqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha qishloq xo'jaligi tarmog‘idir”1, - deb ta’kidlagan edi.
Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari hamda ular o'rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalami ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko'paytirish yo’llarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ulami ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zamr.
Yuqoridagi masalalarning erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qonun-qoidalarini, barcha munosabatlarning mohiyatini, sabab va oqibatlarini, tushunchalarini, ularning qishloq xo‘jaligida qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yo'llarini ushbu kurs ishimizda tadqiq etamiz.2
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishlari, ahamiyati hamda mazmunini yoritishda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning asarlariga asoslanish, mamlakatimizda 2020-2021-yillarga mo’ljallab qabul qilingan “Inqirozga qarshi choralar dasturi”3 va Davlat dasturlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari mazkur ishimizda qishloq xo‘jaligida investitsiya jalb qilishning mazmun va mohiyatini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, fermerlar uyushmasi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi alohida korxonalar ma'lumotlaridan foydalanib yoritishga e’tibor berildi.
Bugungi kunda mamlakatimizning rivojlanishiga asosiy hissasini qo’shayotgan qishloq xo’jaligi sohasida ham investitsion usullarni jalb qilish va bunday boshqaruv usullarini ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Demak, qishloq xo’jaligida investitsiyani jalb etish va boshqarish usullari borasida ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqo’llar alohida ahamiyatga ega. Shu ma’noda mazkur kurs ishimizda yoritilishi zarur bo’lgan masalalar dolzarblikka ega mavzulardandir.
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalar jalb etish ko'lamini va samaradorligini oshirish yo'llari
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalami moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi.
Mamlakatimizdagi va chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalami moliyalashtirish va kreditlash mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlarimizdan A.Avliyaqulov, A.Boymuratov, A.Vahabov, D.G‘ozibekov, S.Umarov, E.Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan.
A.Vahobov ilmiy tadqiqo’llariga asoslangan holda, agrar sohani investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi shart degan xulosaga kelgan.
E.Shodmonov esa, qishloq xo’jaligi korxonalari moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlami moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sharoitida lizing asosida investitsiyalami moliyalashtirish amaliyotini kuchaytirish maqsadga muvofiqligini asoslab bergan.
Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Yemelyanov agrar sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, qishloq xo’ljalik mahsulotlari baholarining o‘sish sur’ati agrar soha ehtiyojlari uchun zamr bo'lgan resurslar baholarining o‘sish sur’atidan sezilarli orqada qolayotganligi investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lami jamg‘arish imkonini bermayapti.

Foydalanilgan adabiyotlar

1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizni 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. .//Xalq so‘zi. 14.01.2022. №13 (5180).

2 Abdug'aniyev A. Qishloq xo’jaligi iqtisodi. -T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2021

3 https://strategy.uz/

Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling