Debitorlik va kreditorlik majburiyati haqida tushuncha


Download 247.5 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1111094
1   2   3   4
Bog'liq
9mavzu.BYUDJET TASHKILOTLARIDAT TURLI DЕBITOR VA KRЕDITORLAR BILAN HISOBLASHISHLAR HISOBI

Yuridik majburiyat- yuridik (jismoniy) shaxslaming ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslaming ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmatjlar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmatjlar uchun xaq tolashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda budjetdan mablag* oluvchilami mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga m'dblag1 laming o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlar.
Budjet tashkilotlarining Davlat budjeti hisobidan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek, kapital qurilish buyurtmachilarining shartnomalari g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy tartibda ro‘yxatga olinadi.

Umumiy qilib budjet tashkilotlarida debetorlar va kreditorlar hisobini yuritishning xususiyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:



  1. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlarida ro‘yxatga olinishi;


  1. yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSH dolla^idan 100 ming AQSH dollariga teng miqdorigacha bo‘lsa tanlov o‘tkazilib(birja savdolari maTumotlari asosida) shartnomalar tuzish;

  2. Moliyaviy majburiyatlami g‘aznachilik boTimlari tomoni­dan toTab berilishi va boshqalar.


Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
Budjet tashkilotlarida turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan mahsulot (ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha, xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va xizmatlar)ni sotish bo‘yicha, sug‘urta tashkilotlari bilan majburiy yoki ihtiyoriy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan tashkilot- ning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgan- dan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar bo‘yicha, toTov- laming maxsus turlari bo‘yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi tegishli buxgalteriya dastlabki hujjatlari(yuk xati, bajarilgan ishlami topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, to‘lov topshiriqnomasi va boshqalar)ga asosan yig'ma qaydnomalar, 6-memorial order - turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo'yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari , 308-son shakldagi bosh jumal kitobi va hisobot rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya hisobida turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 15 “Turli debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarga boTingan holda yuritiladi:
150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblar”;
152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”;

  1. “Sug‘urta bo‘yicha toTovlar”;

  2. “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boTadigan mablagTar bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  3. “To’lovlaming maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”;

159 “Boshqa debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”.
Ushbu subschyotlar bo'yicha analitik hisob budjet va
budjetdan tashqari mablag‘lar bo'yicha hisob-kitoblami alohida ajratgan holda 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida yuritiladi.
Budjet tashkilotlari yetkazib beriladigan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq hisoblashuvlami amalga oshiradi

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.




Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling