Debitorlik va kreditorlik majburiyati haqida tushuncha


Download 247.5 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1111094
  1   2   3   4
Bog'liq
9mavzu.BYUDJET TASHKILOTLARIDAT TURLI DЕBITOR VA KRЕDITORLAR BILAN HISOBLASHISHLAR HISOBI



BYUDJET TASHKILOTLARIDAT TURLI DЕBITOR VA KRЕDITORLAR BILAN HISOBLASHISHLAR HISOBI. BYUDJET TASHKILOTLARIDA XODIMLAR VA STIPЕNDIYA OLUVCHILAR BILAN HISOB-KITOBLAR .
REJA:
1. Debitorlik va kreditorlik majburiyati haqida tushuncha.
2. Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
3. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
Debitorlik va kreditorlik majburiyati haqida tushuncha
Budjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini ijrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlami amalga oshiradi. Bu hisoblash- laming pirovard natijasi debetorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisoblashuvlami yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Debetorlik majburiyat - bu boshqa korxonalami, (xaridor- larga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar), mol yetkazib beruv- chilarga oldindan to‘langan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha), budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalami (soliqlar, majburiy ajrat- ma va ushlanmalar bo‘yicha oldindan to‘langan mablag‘lar bo‘- yicha) xodimlami (hisobini berish sharti bilan olingan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha) tashkilot oldidagi qarzdorligidir.
Majburiyatlar tarajlaming kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, 12-modda
Kreditorlik majburiyat- bu tashkilotning boshqa korxona- lardan (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, mol yetkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar bo‘yicha), budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalardan (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha), xodimlardan (ish haqi va unga tenglashtiriladigan to'lovlar va boshqalar bo‘yicha) qarzdorligidir.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, budjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalami saqlaganlik uchun ulaming ota-onalari, shuningdek, boshqa debetor
va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi budjet tashkilotlarida debetorlar va kreditorlar hisobi ko‘rinishida yuritiladi.
Qormnchilikka muvofiq debetorlik va kreditorlik majburiyat- larini muddati 90 kun etib belgilangan. Bu muddatda tugatilmagan debetorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha tashkilot ma’sul shaxslariga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. Buxgalteriya hisobida undirish imkoni bo‘lmagan debetorlik majburiyatlar balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
Mamlakatimizda Davlat budjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi munosabati bilan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlari G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlarida ro‘yxatga olinmoqda.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling