Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish


Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash


Download 417.18 Kb.
bet2/3
Sana09.11.2023
Hajmi417.18 Kb.
#1760245
1   2   3
Bog'liq
Abduraxmonov Nurbek Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish

Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash.
Mazkur 
amaliyot bevosita pul
mablagʻlari harakatini samarali tashkil etish orqali faoliyat 
uzluksizligiga imkoni beradi. 
Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni 
belgilash faoliyat uzluksizligi uchun talab qilinadigan pul mablagʻlari miqdori va 
vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Iste’mol krediti jismoniy
shaxsga (iste’molchiga) 
uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib 
olish uchun beriladigan 
kreditdir. Tijorat krediti
esa iste’mol kreditining 
tarkibiy qismi hisoblanadi vatovarlarni kreditga berishni nazarda tutadi.
Iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab chiqish 
Xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash
Bunda misol sifatida oldindan toʻlov tizimidan keng foydalanish, akkreditivlardan maksimal foydalanish kabilarni keltirish mumkin. Akkreditivlar toʻlovni kafolatlash maqsadida tijorat bankida maxsus hisobraqam ochishni nazarda tutadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida naqdpulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 
Debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash
Mazkur amaliyot debitorlik qarzlarini boshqarishda alohida dolzarblik kasb etadi. Chunki debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash orqali ularni nazorat qilish samaradorligi oshadi. Bunda muddatlarga e’tibor qaratish bilan bir vaqtda miqdorga ham e’tibor qaratish talab etiladi. 
Debitorlik qarzlarini diversifikatsiyalash.
Bunda faqatgina sanoqli mijozlar boʻyicha debitorlik qarzlari shakllanishiga yoʻl qoʻymasdan keng doirada koʻplab sub’ektlar bilan hamkorlikka kirishishni nazarda tutadi. 
Mazkur amaliyot bevosita debitorlik qarzlari boʻyicha yoʻqotishlarni kamaytirish imkonini beradi. 
Debitorlik qarzlari yuzaga kelishi ehtimoli past boʻlgan mahsulot ishlab  chiqarishini oshirish va aksincha.
Mazkur holatda asosiy yuk marketing xizmatiga 
tushadi. Chunki aynan marketing bozorda yuqori talabga ega boʻlgan mahsulot va xizmatlarni jiddiy oʻrganish orqali korxonada faoliyatni tashkil etish bevosita debitorlik qarzlari holatiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. 

Download 417.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling