Defibrillyator (uomz) umumiy ko
Download 223.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Defibrillyator
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jean-Louis Prévost va Frédéric Batelli
- William Kouwenhoven
Defibrillyator (UOMZ) umumiy ko ʻrinishi. Defibrillyator Vikipediya, ochiq ensiklopediya Defibrillyator yurak urishini normal holatga qaytarish uchun yurakka elektr impuls yoki zarba yuboradigan tibbiy qurilma. Defibrillyator aritmiyalarni oldini olish yoki tuzatish uchun qo ʻllaniladi. Agar yurak to ʻsatdan toʻxtab qolsa, defibrillyator yurak ishini qayta tiklashi mumkin. [1][2] Bugungi kunda defibrilatorning bir qancha turlari ishlatiladi: 1. Qo ʻlda ishlatiladigan (manual) tashqi defibrillyator. (odam tanasiga tashqi tomondan defibrillyatsiya amaliyoti qo ʻllanadi). 2. Qo ʻlda ishlatiladigan (manual) ichki defibrillyator. (yurakning ochiq jarrohlik amaliyotlari vaqtida bevosita yurakning o ʻziga defibrillyatsiya amaliyoti o ʻtkaziladi). 3. Avtomatlashtirilgan tashqi defibrillyator. 4. Implantatsiyalanadigan kardioverter defibrillyator. (odam yuragiga operativ usulda qo ʻyiladi). 5. Ko ʻkrak qafasiga ulab qoʻyiladigan defibrillyator. Defibrillyator birinchi marta 1899-yilda Shvetsariyaning Jeneva universiteti fiziolog olimlari Jean-Louis Prévost va Frédéric Batelli tomonidan yaratilgan. Ular kichikroq zaryad itlarda qorinchalar fibrillyatsiyasiga olib kelishi mumkinligi, kattaroq zaryad esa fibrillyatsiyani yo ʻqotilishiga olib kelishi mumkinligini aniqladilar. [1] (https://www.communityheartbeat.org.uk/defibrillators-brief-history) Bugungi kunda ma ʼlum boʻlgan qoʻlda ishlatiladigan tashqi defibrillyator 1930-yilda elektrotexnika muhandisi William Kouwenhoven tomonidan ixtiro qilingan. William Kouwenhoven Johns Hopkins universiteti talabasi bo ʻlganida elektr toki urishi va uning odam yuragiga taʼsirini oʻrganadi. William Kouwenhoven kuzatuvlarini Claude Beck tajribalarda sinab ko ʻrdi va 1947-yilda 14 yoshli bemorning yuragida operatsiya amaliyoti o ʻtkazayotganida, bemor yuragi toʻxtab qolganligi sababli birinchi marta qoʻlladi. Download 223.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling