Deformatsiyalanishga asoslangan bosim o’lchash vositalarining sezgir elementlari. Reja


Download 165.51 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi165.51 Kb.
#1004106
  1   2
Bog'liq
11-maruza


DEFORMATSIYALANISHGA ASOSLANGAN BOSIM O’LCHASH VOSITALARINING SEZGIR ELEMENTLARI.
Reja:
1.Elastik sezgir elementlar.
2.Naychasimon prujinali asboblar.


Elastik sezgir elementlar. Prujinali asboblarning ishlash prinsipi bosim kuchi ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyasi yoki ularning kuchini o’lchashga asoslangan. Elastik elementda bo­sim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiya natijasida o’lchov asbobining strelkasi to’g’ri chiziqli yoki burchakli shkala bo’yicha surilib, bosim miqdori R ni ko’rsatadi.
Prujinali asboblarning o’lchash aniqligi yuqori bo’lishi uchun ulardagi elastik elementlarning elastiklik moduli va termik kengayish koeffitsiyentlari kam bo’lgan materiallardan tayyorlangan bo’lishi va ulardagi gisterezis va qoldiq elastik hodisalari bo’lmasligi talab qilinadi.
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosim farqi va shu kabilarni o’lchash uchun keng qo’llaniladi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 14.1-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujinalar (14.1-rasm, a) silfonlar (14.1-rasm, b) yassi va gofrirovka qilingan membranalar (14.1- rasm, v, g), membranali qutichalar (14.1- rasm, d) bikr markazli bo’shashgan membranalar kiradi.
Statik xarakteristikaning shakli va tikligi sezgir elementning konstruksiyasiga, materialga va temperaturaga bog’liq.



14.1-rasm. Elastik sezgir elementlar.


Ish diapazoni elastik deformatsiyalar sohasida, sezgir element bosim bilan ortiqcha yuklangan hollar uchun zapas bilan ta’minlangan holda tanlanadi. Sezgir elementlarning elastiklik holati kuch bo’yicha qattiqlik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi:


(14.1)
bunda F, SЭ — mos ravishda elastik sezgir elementga ta’sir etadigan kuch va elementning foydali maydoni; hish nuqtasining siljishi.
Prujinali asboblarning qiymatli xossasi qurilmaning soddaligi, ishonchliligi, universalligi, ixchamligi va o’lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan iborat.

Download 165.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling