Dehqonobod kaliy zavodi” аj faoliyati Reja


Hurmatli mijozlar ! Bizning mahsulotlarimizga boʼlgan qiziqishingiz uchun Sizga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz


Download 1.53 Mb.
bet2/7
Sana25.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1654748
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi Hisobot

Hurmatli mijozlar ! Bizning mahsulotlarimizga boʼlgan qiziqishingiz uchun Sizga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
“Dehqonobod kaliy zavodi” АJ agrokimyoviy bozorda kaliyli oʼgʼitlarini sotish sohasida oʼzini yaxshi nomoyon etib, barqaror ishlayotgan va dinamik rivojlanib borayotgan korxona hisoblanadi. Bizning ish faoliyatimiz har bir mijozga individual yondoshuv tamoyillariga asoslanib qurilgan boʼlib, faqat yuqori sifatli oʼgʼitlarni qisqa vaqt ichida yetkazib berishdir. Bu borada DKZ” АJ keng doiradagi mijozlar va ishonchli sheriklar ega. Bizning xodimlarimiz Sizga kaliyli oʼgʼitlarning sifati, ularning narxi, yetkazib berish muddatlari, yetkazib berish harajatlari va boshqalar toʼgʼrisida qiziqtirgan barcha maʼlumotlarni taqdim etishga tayyor. Bunda, mijozning barcha istaklari doimo hisobga olinadi. Mahsulotlarimizga yeng yaxshi narxlarni taklif qilishga harakat qilamiz. “Dehqonobod kaliy zavodi” АJning mahsulot sotish geografiyasi dunyoning 30 dan ortiq davlatlarini oʼz ichiga oladi. Аsosiy savdo bozorlari – Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Zakavkaziya, Boltiqboʼyi mamlakatlari hamda Yaponiya.
Oʼzbekiston ichki bozorda korxonamiz oʼz mahsulotlarini OʼzRTXB birja savdolari orqali xaridorlarga yetkazib beradi. Dehqonobod kaliy zavodi” АJda ishlab chiqarilayotgan Kaliyli oʼgʼitlar oʼsimliklarning kasalliklarga, qurgʼoqchilik va sovuq sharoitlarga chidamliligini oshiradi, azotli va fosforli oʼgʼitlarning toʼliq soʼrilishini taʼminlaydi. Hosildorlikni koʼpaytiradi, mahsulotning chiroyli koʼrinishda yetilishini, tashish vaqtida hamda uzoq muddat davomida saqlashda oʼz sifatini va koʼrinishini saqlab qolishini taʼminlaydi. Kaliy xlorid mineral oʼgʼitini quyidagi miqdorlarda qoʼllash tavsiya etiladi:
Kaliyli oʼgʼitlar kuzda yoki erta bahorda (ekin ekilishidan oldin) yerni haydash-yumshatish davrida beriladi.
Oʼgʼitlash miqdori:
- kartoshka ostiga – 1 m2 maydonga 15-25 gramm;
- bodring, karam, lavlagi, sabzi ostiga – 1 m2 maydonga 10-20 gramm;
- pomidor ostiga – 1 m2 maydonga 10 gramm;
- piyoz, rediska va gulli oʼsimliklarga – 1 m2 maydonga 10-15 gramm;
Koʼp yillik mevali oʼsimliklarni oʼtqazishda oʼsimlik ekiladigan chuqurchaga quyidagi miqdorlarda kaliyli oʼgʼitlar solinadi:
- urugʼli va danakli daraxtlar ostiga – 100-150 gramm;
- rezavor mevali butalar ostiga – 50-70 gramm.
Hosilga kirgan olma, anor, uzum, nok va boshqa shu kabi mevali daraxtlar ostiga uning yoshiga qarab, 1 m2 maydon daraxt aylansiga 15-30 grammdan kaliyli oʼgʼitlar solinadi. Paxta va gʼalla ekiladigan maydonlarga mutaxassislar belgilagan miqdorda kaliyli oʼgʼit solinadi.

Respublika ichki bozorda mahsulotimiz OʼzRTXB birja savdolari orqali quyidagi birja kontraktlar asosida savdoga qoʼyilgan :
Kaliy xloristыy GOST 4568-95
▶ Kontrakt raqami : 1371
▶ Minimum lot : 1 tonna
▶ Boshlangʼich narxi : 1632195,00 soʼm, (15% QQS bilan)
▶ Yetkazib berish shart: EXW, oʼzi olib ketish shartida.
▶ Joylashgan manzil: «Dexqonobod kaliy zavodi” АJ ombori
▶ Kontrakt raqami : 33861/ 33860/ 32479/ 32476
▶Minimum lot : 64,0 / 66,0 / 68,0 tonna/ BigBeg 68,0 tonna
▶Boshlangʼich narxi : 108 300 486,4 / 111 684 876,6 soʼm,/ 115 069 266,80/ 117 389 460,8 (15% QQS bilan)
▶ Yetkazib berish shart: Xaridor tomonidan koʼrsatilgan manzil temir yoʼl bekatigacha.

Kaliy xlorid



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling