II.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Tovushlar va harflarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Boshlang‘ich sinfda ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarga xizmat qiladi. 1-sinfda oʻquv yilining birinchi yarmida og‘zaki va yozma tarzda boʻg‘inlarga boʻlish, shuningdek, oʻqituvchi topshirig‘iga koʻra, muayyan boʻg‘inli soʻz tanlash mashqlari har kuni oʻtkaziladi. Soʻzni boʻg‘inlarga toʻg‘ri va tez boʻlish koʻnikmasini hosil qilish 1-sinfda oʻtkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. Oʻquvchilar oʻqish va yozish jarayonini egallashda mana shu koʻnikmaga tayanadilar. Oʻzbek grafikasida boʻg‘in tamoyili еtakchi tamoyil hisoblanadi. Oʻquvchi soʻzni toʻg‘ri yozish uchun uni avval boʻg‘inlarga boʻladi. Boʻg‘inlardagi tovushlarning oʻzaro bir-biriga ta‘sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. Ona tili darslarida asosiy diqqat bolaning nutq va lug‘at boyligini oʻstirish, imloviy savodxonligini tarkib toptirish, ya‘ni toʻg‘ri oʻqish va yozish hamda husnixat koʻnikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Darsliklarda oʻquvchilarning til materiallarini oson oʻzlashtirishlarini, grammatik tahlilni sodda, aniq yoʻllari bilan amalga oshirishlari va ijodiy fikrlashga oʻrgatish maqsadida turli jadval, rebus va boshqotirmalardan foydalaniladi. Mashq shartlarida oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga, mulohaza yuritishga undovchi, taqqoslash va kuzatishga asoslangan holda xulosa chiqarishga yoʻllovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta‘minlovchi topshiriqlarni berilganligi dastur talablarini bajarishga xizmat qiladi.
Ona tili darslarida tovushlar va harflarni oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha dars namunalari:
Mavzu:Tovush va harflar
Do'stlaringiz bilan baham: |