Delphi da grafika bilan ishlash


Download 0.89 Mb.
Sana04.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1691895
Bog'liq
10 SINF Delphi da grafika bilan ishlash

Delphi da grafika bilan ishlash

Delphi dasturida grafika bilan ishlash uchun Canvas obyektidan foydalaniladi

Canvas obyekti ko’plab obyektlarning xossasi sifatida ishlatilishi mumkin. Ilova oynasida to’g’ri to’rtburchak hamda aylana chizish uchun quyidagi operatorlardan foydalanamiz: Grafik holatda ekranning chap yuqori burchagi koordinata boshi hisoblanadi.

Form1.Canvas.Rectangle(20,20,200,200);

Form1.Canvas.Ellipse(220,20,400,200);


Delphi dasturining Image va Shape obyektlari rasmlar va shakllar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ushbu obyektlarni quyidagi dastur oynasidan topishingiz mumkin.
Ushbu obyektlarni ilova oynasidga quyidagicha joylashtirish mumkin mumkin
Yuqorida ko’rgan dastur ushbu obyektlar yordamida quyidagicha bo’ladi: Image1.Canvas.Rectangle(20,20,185,185);
Form1.Canvas.ellipse(260,30,440,210);
Canvasning asosiy ish qurollaridan biri Pen bo’lib, u yordamida chiziqlar chiziladi. Pen quyidagi asosiy xossalarga ega:

Xossa nomi

Xususiyati

Color (rang)

Qalam rangini belgilaydi

Style (usul)

Qalamning chizish usulini belgilaydi

Width (eni)

Qalam chizig’i qalinligini belgilaydi

Delphi dasturining grafik imkoniyati keng bo’lib unda kerakli ranglarni tanlash uchun ranglarga mos konstantalar nomidan yoki RGB tizimidagi ranglardan foydalanish mumkin. RGB(red,green,blue) ranglar tizimida qizil, yashil va ko’k ranglardan foydalangan holda 224=16 777 216 xil rangni hosil qilishi mumkin.

Delphi dasturining grafik imkoniyati keng bo’lib unda kerakli ranglarni tanlash uchun ranglarga mos konstantalar nomidan yoki RGB tizimidagi ranglardan foydalanish mumkin. RGB(red,green,blue) ranglar tizimida qizil, yashil va ko’k ranglardan foydalangan holda 224=16 777 216 xil rangni hosil qilishi mumkin.


Pen.Color parametrining qiymati rangga mos konstanta nomiga teng bo’lishi mumkin.

Konstanta nomi

Rang

Konstanta nomi

Rang

clBlack

Qora

clRed

Qizil

clBlue

Ko’k

clSilver

Kumushrang

clGreen

Yashil

clNavy

To’q ko’k

clGray

Kulrang

clAqua

Havorang

clYellov

Sariq

clWhite

Oq

Pen.Style parametrining qiymati rangga mos konstanta nomiga teng bo’lishi mumkin.

Konstanta nomi

Chiziq turi

psSolid

Uzluksiz

psDash

Shtrix

psDot

Nuqtalar

psDashDot

Kesma va nuqta

psDashDotDot

Kesma, nuqta va nuqta

psClear

“Ko’rinmas”

Xossa nomi

Xususiyati

Color (rang)

Bo’yash rangini belgilaydi

Style (usul)

Bo’yash usulini belgilaydi

Canvasning asosiy ish qurollaridan biri Brush bo’lib, u yordamida shakllarni bo’yash mumkin. Brush quyidagi asosiy xossalarga ega:
Biror nuqtaning rangini belgilash uchun Canvasning Pixels[x,y] xossasidan foydalanamiz.
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i:integer;
begin
for i:=1 to image1.height do begin
image1.Canvas.Pixels[random(image1.Width),i]:=clred;
image1.Canvas.Pixels[random(image1.Width),i]:=clred;
image1.Canvas.Pixels[random(image1.Width),i]:=clred; end;
end;
Delphi dasturida kesma chizish uchun Canvasning MoveTo(x,y) va LineTo(x,y) xossalaridan foydalanamiz. Agar uchlari (x1,y1) va (x2,y2) nuqtalarda bo’lgan kesmani hosil qilish uchun Form1.canvas.MoveTo(x1,y1); LineTo(x2,y2); buyruqlaridan foydalanish mumkin.
image1.Canvas.MoveTo(0,0);
image1.Canvas.LineTo(Image1.Width,image1.height);
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling