Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlari
psSolid –uzluksiz (oldindan o‘rnatilgan)
Download 271.28 Kb.
|
Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlari
psSolid –uzluksiz (oldindan o‘rnatilgan).
psDash –shtrix (mayda kesmachalar). psDot –(nuqtalar). psDashDot –kesma va nuqta. psDashDotDot –kesma, nuqta va nuqta. psClear –ko‘rinmas. Qalam stilini o‘zgartiruvchi operator Image1.Canvas.Pen.Style:=psDash; kabi bo‘ladi. Pen (qalam) ning Color (rang) xossasi chiziladigan chiziqning rangini belgilab beradi. bu xossada ham oldindan berilgan o‘zgarmaslardan foydalanish mumkin. Masalan, clBlack (qora, oldindan o‘rnatilgan), clWhite (oq), clBlue (ko‘k), clGreen (yashil), clRed (qizil), clYellow (sariq), clBrawn (jigar rang), clGrey (kul rang), clSilver (kumush rang, clAqua (havo rang) va yana o‘nlab o‘zgarmaslar mavjud. Image1.Canvas.Pen.color:=clRed; operatori chiziladigan chiziq rangini qizilga o‘zgartiradi. Delphi da 16 milliondan ortiq ranglardan foydalanish mumkin. Bu ranglarning barchasa uchta asosiy rang: qizil, yashil va ko‘kranglarni qo‘shish orqali yaratiladi. Asosiy ranglarning har biri uchun bir bayt ajratiladi. Bu uchta baytda xil rangni saqlash mumkin. Ranglarning tartib nomerini 16lik sanoq sistemasida yozish qulay. Bu sanoq sistemasida uch baytga 6 xonali son mos keladi. Ulardan eng kichik ikkita xona qizil, o‘rtadagi ikki xona yashil, va eng katta ikki xona ko‘krangga mos keladi: $BBGGRR (bu yerda BB ko‘krangga, GG yashil, RR qizil rangga mos raqamlar. Masalan, ko‘krang $FF0000, yashil $00FF00, qizil $0000FF, sariq $00FFFF, pushti rang $FF00FF o‘noltilik son bilan ifodalanadi. Agar o‘n oltilik sanoq sistemasida ishlash noqulay bo‘lsa, u holda RGB(RR, GG, BB) standart funksiyadan foydalanish mumkin. Bu funksiyaning uchta argumenti bo‘lib, ulardan birinchisi qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘kranglarga mos keladi. Bu argumentlarning qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. Masalan, RGB(0, 0, 0) qora rangni, RGB(255, 255, 255) oq rangni, RGB(0, 255, 255) havo rangni, RGB(127, 0, 0) to‘qqizil rangni, RGB(0, 127, 0) to‘qyashil rangni, RGB(200, 200, 0) to‘qsariq rangni beradi. Brush (cho‘tka)ning rangi ham shu tarzda aniqlanadi. Uning stilini quyidagi o‘zgarmaslar orqali o‘zgartirish mumkin: Download 271.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling