Delphining grafik imkoniyatlari
Download 0.58 Mb.
|
delphi uzb графика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirt (Xolst)
- Qalam va mo’yqalam
- 10.1- jadval.
Delphining grafik imkoniyatlari Delphi dasturchiga grafikalarni (sxemalar, chizmalar, illyustratsiya) hosil qilish dasturlarini yaratish imlonini beradi. Dastur grafikani ob’ekt sirtida hosil qiladi. Ob’ekt sirtida grafik elementlarni (to’g’ri chiziq, aylana, to’g’ri to’rtburchak va h.k.) hosil qilish uchun ob’ektning Canvas xususiyatiga mos keluvchi uslubni qo’llash kerak. Masalan, Form1.Canvas.Rectangle(10,10,100,100) instruksiyasi dastur oynasida to’g’ri to’rtburchakni chizadi. Sirt (Xolst) Avval aytilganidek, dastur grafika hosil qilishi mumkin bo’lgan sirt Canvas xususiyatiga mos keladi. O’z navbatida Canvas xususiyati bu Tcanvas tipidagi ob’ektdir. Bu tipning uslublari grafik elementlarni (nuqta, to’g’ri chiziq, aylana va h.k) chiqarish imkonini beradi, xususiyat esa ularning xarakteristikalarini (rang, chiziqning qalinligi va stili, bo’yaluvchi soha rangi va ko’rinishi, matnni axborotlarni chiqarishda shrift xarakteristikasi) belgilash imkonini beradi. Grafik elementlarni hosil qilish uslublari Canvas xususiyatiga ular rasm chiza oluvchi mavxum sirtdek qaraydi (canvas – “Yuza” deb tarjima qilinadi). Sirt aloxida nuqta-piksellardan tashkil topadi. Piksellarni joylashishi uning X-gorizontal va Y-vertikal koordinatalari bilan xarakterlanadi. Chap-yuqori piksel (0,0) koordinataga ega. Koordinatalar yuqoridan pastga va chapdan o’ngga o‘sib boradi (10.1-rasm). Sirtning o’ng-quyi koordinatasining qiymati sirtning o’lchamiga bog’liq. 10.1-rasm. Sirtning nuqta koordinatalari sirt o’lchamini illyustratsiya(image)ning Height va width xususiyatlaridan yoki forma xususiyatlari:ClientHeight va Clientwidth yordamida aniqlash mumkin. Qalam va mo’yqalam Rassom o’z ishida qalamlar va mo’yqalamlardan foydalanadi. Sirt yuzasia grafik elementlarni chizish imkonini beruvchi uslublar ham qalam va mo’yqalamdan foydalanadi. Qalam kontur va chiziqlarni chizish uchun, mo’yqalam esa kontur bilan chegaralangan soxani bo’yash (to’ldirish) uchun foydalaniladi. Qalam va mo’yqalam Pen (qalam) va Brush (mo’yqalam) xususiyatlariga mos kelib, Tpen va Tbrush tiplari bilan aniqlanadi. Bu ob’ektlarning xususiyatlari xosil bo’luvchi grafik elementlarning ko’rinishi belgilaydi. Qalam Qalam nuqta, chiziq va geometric shakllarning konurlarini chizish uchun foydalaniladi. Chiziqlarning ko’rinishi esa Tpen ob’ektinig xususiyatlari aniqlaydi (10.1-jadval) 10.1- jadval. Tpen xususiyat qiymatlari (qalam)
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling