Delphining grafik imkoniyatlari
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var
Download 0.58 Mb.
|
delphi uzb графика
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var r1, r2: TRect; // to’g’ri to’rtburchakning burchak koordinatalari begin // to’g’ri to’rtburchakning burchak koordinatalarini beramiz r1 := Rect(20,20,60,40); r2 := Rect(10,10,40,50); with fоrm1.Canvas do begin Brush.Color := clRed; FillRect(r1); // bo’yalgan to’g’ri to’rtburchak Brush.Color := clGreen; FrameRect(r2}; // to’g’ri to’rtburchakning faqat chegarasi end; end; Ko’pburchak Polygon uslubi yordamida ko’pburchak chiziladi. Parametr sifatida Tpoint tipli massivni qabul qiladi. Massivning xar bir elementi yozuvni saqlaydi. Bu yozuv (x,y) maydon bo’lib, ko’pburchak uchlarining koordinatalaridir. Polygon uslubi massivda joylashgan x,y koordinatalarni ketma-ket to’g’ri chiziqni tutashtiradi va oxirgi koordinata bilan birinchisini xam to’g’ri chiziq birlashtiradi. kontur chiziqlarining ko’rinishi (rangi, qalinligi va stili) Pe xususiyati bilan aniqlanadi, soxa ichini rangi va stili esa Brush xususiyati bilan aniqlanadi. Quyidagi protsedurada Polygon uslubidan foydalanib uchburchak chizish tashkil qilingan. procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject); var pol: array[1..3] of TPoint; // uchburchak uchlarining koordinatalari begin pol[1].x := 10; polf1].y := 50; pol[2].x := 40; pol[2].y := 10; pol[3].х := 70; pol[3].у := 50; Form1.Canvas.Polygon(pol); end; Sektor Pie uslubi ellips yoki aylana sektorini chizadi. Uslubdan foydalanishning umumiy ko’rinishi quyidaicha: Ob’yekt.Canvas.Pie(x1,y1,x2,y2,х3,у3,х4,у4) Bu yerda x1, y1, х2, у2 — bir qismi sector bo’lgan ellips (aylana)ning parametrlari; х3, у3, х4, у4 — sector chegara chiziqlarining chegara nuqta koordinatalari. To’g’ri chiziqning boshlang’ich nuqtalari ellips (aylana)ning markazi bilan ustma-ust tushadi. Sector (x3,y3) koordinataga o’tkazilgan to’g’ri chiziqdan boshlab (x4,y4) nuqtaga stkazilgan to’g’ri chiziqqacha soat strelkasiga teskari yo’nalishda ajratiladi (10.9-rasm). Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling