Demak, yuksak ma’naviyat uchun kurash, unga erishishda hajvning o‘rni, ahamiyati beqiyos darajada ulkandir


Download 30.9 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi30.9 Kb.
#1363377
  1   2
Bog'liq
KURS ISHIGA NAMUNA

MUNDARIJA



Kirish
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ajdodlarimiz merosidan ular yaratgan eng yaxshi urf-odatlardan voz kechmaslik aksincha, ularni davom ettirish va boyitishga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. Prezidentimiz ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida maxsus to‘xtalib, quyidagilarni e’tirof etgan edi: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksaklikka da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman».
Demak, yuksak ma’naviyat uchun kurash, unga erishishda hajvning o‘rni, ahamiyati beqiyos darajada ulkandir. Shu jihatdan hajv ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, yetakchi pafos turi sifatida adabiyot va san’atda o‘z o‘rniga ega. Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol davri adabiyotida insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti, shaxsning hozirgi hayot va jamiyatdagi o‘rni o‘rni muammosini ifodalashga bo‘lgan e’tibor birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Mamlakatimizning ma’naviy hayotida kun tartibida turgan mazkur vazifani bajarishda iste’dodli adiblar zimmasiga shubhasiz katta mas’uliyat tushadi. Istiqlol davri adabiyotining ma’naviy axloqiy sohasidagi tinimsiz izlanishlari hozirgi paytda o‘z samarasini bermoqda. Bu narsalarni iste’dodli adib bir qancha hikoyalar, qissa va romanlar muallifi Tog‘ay Murod ijodidan kuzatish mumkin.
Adabiyotimizning hozirgi taraqqiyot bosqichining o‘ziga xosligi shundaki, unda falsafiy va axloqiy-ma’naviy izlanishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bunday ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni badiiy ta’sirchan ifodalash faqat odamlarning ruhiy ehtiyojmandligi tufayligina emas, balki adabiyotning ham ma’naviy ehtiyoji tarzida ro‘y bermoqda desak yanglishmaymiz. Tog‘ay Murod ijodiy izlanishlarining rang-barang hayotiy materiallar asosida ruyobga chiqqanligi ayniqsa quvonchlidir. Chunki: «Yozuvchi hayotiy voqealarni tasvirlar, xarakterlar yaratar ekan, u o‘z fantaziyasining bandasi bo‘lib qola olmaydi. Yozuvchi istagidan ustun turadigan qalamining yo‘nalishini belgilab beradigan ma’lum
kuchlar borki, san’atkor ular bilan hisoblashmasdan iloji yo‘q. Shulardan biri hayot mantiqidir».
Badiiy ijod qaysi janri bo‘lmasin faqat salmoqdor fikr, mustaqil qarashni taqozo etadi. Ijodkor o‘zini ruhan erkin his etgan taqdirdagina chinakam asar maydonga keladi. Istiqlol ijodkorlarni sho‘ro davrida mudom taqiq qilib turadigan son-sanoqsiz ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan ruhiy kishonlardan ozod etdi. Birgina moddiloncha falsafaga asoslangan, barcha birdek amal qilishi lozim bo‘lgan soata ijodiy metodning qat’iyan rad etilishining o‘zi ijodkor uchun benazir saodat va mislsiz imkoniyat.
Bu jarayon ijodkor ongiga yuz berajak evrilishlarga olib keladi. Adabiy jarayonda yuz beradigan silsila - bir vaqtda muayyan bir mavzu yuzasidan adabiyotda mavjud janrlarda bir guruh ijodkorlarning asar yaratishlari natijasida yuzaga keladi. T.Murodning yuqorida qayd etilgan romanlari va boshqada qissalarida mazmunan yaqin o‘tmishdagi xalq taqdiri-kechmishi badiiy talqinga jalb etilar ekan, voqelikni yozuvchi qanday tafakkur etsa, badiiy ijod shunday munosabat natijasida yuzaga keladi1.
Kurs ishi predmeti: ,, Otamdan qolgan dalalar” romanida hayotiy haqiqat va badiiy talqin bilan tanishtirish ko’nikmalari

Download 30.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling