Demak, yuksak ma’naviyat uchun kurash, unga erishishda hajvning o‘rni, ahamiyati beqiyos darajada ulkandir


Download 30.9 Kb.
bet2/2
Sana19.04.2023
Hajmi30.9 Kb.
#1363377
1   2
Bog'liq
KURS ISHIGA NAMUNA

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


I bob "Barmoq vazni. Sodda va qo‘shma vaznlar"
Vazn
Vazn (arab. — oʻlchov)— sheʼrda tovush tuzilishini uyushtirish usuli. Sillabik sheʼr tuzilishicha boʻgʻin va turoq soni, tonik sheʼr tuzilishi stopalar oʻlchovi va soni bilan aniklanadi. Sheʼriy ritm, ohangdorlik hamda musiqiylikning hosil boʻlishi V. va uning xususiyatlariga bogʻliq. V. sheʼr bandi bilan aloqador boʻlgan ritm unsuri hisoblanadi. Oʻzbek sheʼriyatida koʻp qoʻllaniladigan barmoq tizimida misralardagi boʻgʻinlarning bir miqdorda va mutanosib holda, turoqlarning bir tekis, ham muayyan tartibda takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bunda V. lar tuzilishi va musiqiylikni tashkil etishdagi xususiyatlariga koʻra, sodda, qoʻshma va erkin V. larga boʻlinadi. Sodda V. da sheʼr miyeralarining umumiy boʻgʻin soni teng boʻladi. Qoʻshma V. da sheʼrlar bandidagi miyeralarning biri ikkinchisidan biror boʻgʻin ortiq yo kam, biror turok, oz yoki koʻp boʻladi. Qoʻshma V. da yozilgan sheʼrlarda 1-va 2- misralardagi turok, tartibi 3- va 4- misralarda takrorlanadi, shu tarzda ritm vujudga keladi. Erkin V. vazndan vaznga oʻtib turadi. Barmoq tizimida uch boʻgʻinlidan, yaʼni uchlikdan oʻn yettilikkacha V. lar turkumi uchraydi. Aruz V. ida musiqiylik, ritm misralardagi choʻziq va qisqa boʻgʻinlarning , ruknlarning bir tekisda takrorlanishi orqali hosil boʻladi
Barmoq vazni
Barmoq tizimi, barmoq vazni — boʻgʻinlar sanogʻi, mutanosibligiga asoslangan sheʼr oʻlchovi turi. Barmoq tizimi oʻziga xos xususiyatlarga koʻra aruz tizimidan farq qiladi. Barmoq vazni anʼanaviy xalq atamasidir. Barmoq tizimi jahon sheʼriyatidagi toʻrtta: sillabik (boʻgʻin), sillabiktonik (boʻgʻin-urgʻu), tonik (urgʻu) va kvantitativ (yaʼni boʻgʻinlarning qisqa va choʻziqligiga asoslangan) sheʼr tizimlaridan biri. Tonik tizim soʻz urgʻusi erkin boʻlgan tillarga mansub (mas, rus tili va poeziyasida shunday, oʻzbek tilida soʻz urgʻusi oʻtroq, shu sababli erkin vazn yo sarbast janri mustaqil sheʼr tizimi emas, balki u Barmoq tizimi ga kiradi). Barmoq tizimi atamasi sodda vazn (4+4+3, yo 6+5), erkin vazn (vazn turi) maʼnolarida ham qoʻllanadi. Barmoq tizimi atamasi sheʼriy misralarning boʻgʻinlarini barmoq bilan sanashdan kelib chiqqan. Mac:443Bahor keldi tabiatning qoʻllari443Daraxtlarga ipak koʻylak kiygizdi443Yer ham soʻlgan koʻkatlarni tirgizdi443Yashillandi dalalarning yoʻllariI II IIIBu sheʼrning vazni 4+4+3 tartibida. Vaznlar izchil takrorlangan turoqlardan tashkil topadi. Turoq sakkiz boʻgʻinligacha boʻlib, misra va baytda tutgan oʻrniga koʻra ham farqlanadi. Mac:4 4 3Oʻlkamizga kulib keldi oltin yoz,4 4 3Choʻllarida chamanzorlar poyondozIIIIII — kichik turoq (u juda qisqa ritmik pauzali); II — bosh turoq (u bosh ritmik pauzaga ega, misralarni mazmun va intonatsiyaga koʻra ikkiga ajratadi); III — oxirgi turoq (u eng choʻziq ritmik pauzali, qofiyani ham oʻz ichiga oladi). Yuqoridagi toʻrtlikning "bahor keldi" soʻzlari oxiri bilan navbatdagi misraning shu oʻrinda kelgan "daraxtlarga" soʻzi oxiri bir-biriga mos. Bu moslik 4 boʻgʻinlidir. 1-boʻgʻin guruhi 4, 2-boʻgʻin guruhi 4, 3-boʻgʻin guruhi 3 boʻgʻinlidir. Bu turoqlar, ular oxiridagi ritmik pauzalar, mazkur sheʼrdagi 4+4+3 vaznining shakllanishi va takrorlanishi ritmni vujudga keltirishda muhim ahamiyatga ega. Turoq bir boʻgʻinli boʻlishi ham mumkin. Mac,112 112 8el bor boʻlsa, er xor boʻlmas112 112 8er bor boʻlsa, el xor boʻlmasBu maqolning vazni 1 + 1+2+1 + 1+2 dir, bu vazn sakkizlik turkumiga mansub. Vazn besh xil boʻladi (sodda, qoʻshma, murakkab, erkin va aralash).
Proza ham, sheʼr ham oʻziga xos musiqiylikka ega. Taʼsir etish muammosi sheʼriyatda yangi falsafiy fikr, hikmat ifodalanganligi bilangina emas, balki musiqiylik bilan ham bogʻliqdir. Musiqiylik uch unsurga ega (ritm, qofiya, band). Ifoda, gap, inversiya, intonatsiya, urgʻu, soʻz va tovush takrori kabi vositalar ham sheʼriyatda musiqiylikni yuzaga keltirishga xizmat qilsada ritm unsuri boʻla olmaydi. Ritm, qofiya va band musiqiylikni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar; soʻz, tovush takrori, urgʻu va boshqa esa yordamchi vositadir. Mac:Sevishganlar topishgusidir Jonlar jonga yopishgusidir.
(Hamid Olimjon)Bu baytda "sh", "o" tovushlari takrorlanyapti, bu hol misralarga alohida xushohang bagʻishlaydi. Biroq musiqiylik va ohangdorlik tabiiy boʻlishi lozim, mazmun shaklga qurbon qilinmasligi kerak. Barmoq tizimi dan oʻzbek mumtoz sheʼriyatida ham foydalanilgan, ammo aruz yetakchi oʻrin tutgan. 20-asr boshlariga kelib, oʻzbek adabiyoti poeziyasida Barmoq tizimi dan keng miqyosda foydalanishni Fitrat va Choʻlponlar boshlab bergan.
Barmoq tizimi va boshqa sheʼriyat tizimlarining tarixi, nazariyasi sheʼrshunoslikning tadqiqot manbai hisoblanadi.
Milliy vaznimizda asos so‘z bo‘g‘umlarining sanogidir.
Bir baytning birinchi misra’i necha bo‘g‘um esa, ikinchi
misra’i ham shuncha bo‘g‘um boiadir.
Bo‘g‘umlaming harf, cho‘zg‘i sonlariga esa ahamiyat be- (http://hozir.org/matematika-fanidan-test-savollari-v2.html)
rilmaydir. Bir harfli bo‘g‘um bilan iki harfli bo‘g‘um baravar
sanaladir.
Bir baytning vaznini ko‘rmakchi b o ig ‘anda, birinchi
misra’ bo‘g‘umlarini barmoq bilan sanab o‘qiymiz. So‘ngra
ikinchi misra’i bo‘g‘umlarini sanaymiz, baravar kelsa, vazn
tuzukdir deymiz. Bu vaznni barmoq vazni deyishimizga sa-
bab shudir:
Ko‘nglimda bo‘lg‘an sevgi tamug‘i:
Dardli ko ‘nglimning sevgan ozug‘i,
Bu tamug‘dagi olovlar so‘nsa,
Tirikligimning so‘nar yorug‘1
Botuning mana shul iki baytining vaznini ko‘rmakchi
bo‘lg‘anda shunday qilamiz:
Ko‘ng-lim-da - bo‘l-g‘an - sev-gi - ta-mu-g‘i = 10
Dard-li — ko‘ng-lim-ning — sev-gan — o-zu-g‘i =10
Bu — ta-mug‘-da-gi — o-lov-lar — so‘n-sa = 10
Ti-rik-li-gim-ning — so‘-nar — yo-ru-g‘i = 10
Ko‘rinadurkim, Botuning yuqoridagi she’rining har
m israi o‘nlar bo‘g‘umidandir. Demak, bu she’r barmoq
vaznining «o‘nlik» qismidandir. Masalaga shu bilangina to‘xta-
maymiz. Har misra’ning o‘rta yerida bir-iki turish o‘rni
bo‘ladirkim, biz munga turoq deymiz. •
Bir misra’ning bo‘g‘umlarini, «turoq»larini sanag‘anda
shul «turoq»lami ko‘zda tutamiz. Turoqning iki yog‘ida
bo‘lg‘an bo‘g‘umlami ayri-ayri sanaymiz:
Ko‘nglimda bo‘lg‘an — sevgi tamugi
5+5
Dardli ko ‘nglimning — sevgi ozug‘i
5+5
Demak, Botuning bu o‘nlik tizmasi (5+5=10) shakhda
ekan. Vaznda kenglik istaganlar shu turoq mas’alasiga ahami-
yat bermaydilar. «Vaznda bu qadar ingichkalik shoiming
ilhomini bo‘g‘moqdan boshqa bir foyda bermaydir», deylar.
Bu so‘z to‘g‘ridir. Biroq, biz bundag‘i misollarimizni turoq-
lari bilan ko‘mb chiqishni munosib ko‘rdik. Bizda barmoq
vazni to‘rtlikdan o‘n oltilikkacha bo‘ladir. Misollari shulardir:
To‘rtlik:
0 ‘lgan kelmas,
0 ‘chqon yonmas.
(Elso‘zi)25
Beshlik:
Oltilik:
Yettilik:
Yosh qiz yuzini,
Qora ko ‘zini
Ko ‘rolmadim men.
(Botu)
Yaxshi topib so ‘ylar,
Yomon qopib so ‘ylar.
a) Charxim tanob — tashlaydir,
4+3
Bir baloni — boshlaydir.
4+3
b) Suv kelar — guldir-guldir,
3+4
Sevganim — qizil guldir.
3+4
Sevganim — topilmasa,
3+4
0 ‘lganim — o ‘shal kundir.
3+4
Shoirimiz Cho‘lpon yettilikning iki turining og‘irrog‘ini
oralashtirib she’r yozg‘an:
Men kuchli — menda isyon,
3+4
Men toiqun — menda tug ‘yon,
3+4
Ko‘purarman — tosharman.
4+3
26
Kel o ‘tirg‘il — sajda qilg‘il,
4+4
«Lot, monatka» — banda bo‘lg‘il,
4+4
Yo joningdan — umid uzg‘il,
4+4
Yosh o ‘gion — kelganing nadir?
3+5
(«Zayn ul-arab»)
To‘qqizluq:
Yurakda — umidlar — alamlar,
3+3+3
To‘zimsiz ~ qarog‘ni — bosarkan,
3+3+3
Nega men — chaqmoqday — yugurmay?! 3+3+3
(Botu)
Yolg‘uzliklarda — chidagandim,
5+ 4
Chunki men seni — o ‘ylagandim.
5+4
( ?)26
0 ‘nlik:
Otimdir o ‘g ‘uz — bilinglar ayon,
5+5
Nomimdir Xisrav — bilinglar yaqin.
5+5
Erka malak — achchigianmam senga, 4+6
Uchursang-da — ko ‘kka yurak kulin.
4+6
(F.)11
0 ‘n birlik:
0 ‘truk boyidagi — barcha tu/r/kmanlar, 6+5
Do ‘stim, xabar bergil — omon-esonmi?
6+5
0 ‘n ikilik:
So‘zim qattig‘ — tilim achchig‘ — o ‘zjm zolim, 4+4+4
G‘arib jonim — sarf aylaysan — y o ‘qdur molim.
(Yassaviy)
Uzun, uzun arg‘amchi — yoida yotarmi?
Esizgina Mallaxon — grda yotarmi?
7+5
(Ashula)
Kechagi qaynashlar — pasaygan bo ‘Isa-da,
Kechagi hujumlar — susaygan bo isa-da. 6+6
(Botu)
0 ‘n uchlik:
Salom senga, malaklaming — ulug‘ rahbari,
Bilim, hikmat ko ‘klarining — nurli hulkari.
8+5
Sakkizlik:
27
0 ‘n to‘rtlik:
Dunyo, dunyo, san dunyo — kimga vafo qilibsan?
Sendan vafo kutganga — sen ko‘p jafo qilibsan.
7+7
U qtirish: bir o‘n to‘rtlik misra’ iki (misra’lik) yettilik
misra’ bo‘la olg‘ani uchun bu vaznda oz yoziladir.
0 ‘n beshlik:
Go ‘zal yulduz ~ yerimizning — eng qudratli—
tuvg‘ani,
Nega bizdan — qochib muncha — uzoqlarga —
tushubsan. 4+4+4+3
( F r
0 ‘n oltilik:
Gasht etdim tog‘-u tuzlari —ko‘rdim ajoyib qizlari,
Bizning yeming kanizlari —hur ila g ‘ilmon mani zor. 8+8
U q tiris h : o‘n oltilik vaznning misra’lari juda uzundir,
hamda har bir misra’i ikita sakkizlik misra’ bo‘larlikdir.
Shuning uchun bu vaznda oz yoziladir



1 Abdurahmonov G‘. Adabiy asar tilini o‘rganish haqida // O‘zbek tilini o‘qitish
metodikasi masalalari, Toshkent, Fan, 2021. 4 – 11 – betlar.


Download 30.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling