Aruzning asosiy qoidalari hijo va bo’g’in O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan barmoq


Download 11.16 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2023
Hajmi11.16 Kb.
#1456954
  1   2
Bog'liq
Aruz vazni qoidalari bo‘g‘in va hijo


Aruzning asosiy qoidalari hijo va bo’g’in

O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan barmoq


deb atalgan she’r tizi mida misralar dagi bo‘g‘inlar miqdori asosiy o‘lchov hisob lanadi. Barmoq she’r tizimida misralarda bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati, ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi. O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kelgan aruz deb nomlangan tizimda esa misralardagi hijolarning qat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifati, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos vaznlardan yana biri erki n she’r tizimi deb ataladi. Erkin vaznda bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib ketilaveradi. Unda na bo‘g‘inlar va na turoqlar sonining bir xilligiga rioya qilinadi. Barmoq she’r tizimida ikki xil vazn bor: sodda vazn, qo‘shma vazn. Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa, sodda vazn deyiladi. Masalan:
Qani, ayt, maqsading nimadir sening? – 11 bo‘g‘in
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? – 11 bo‘g‘in
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, – 11 bo‘g‘in
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? – 11 bo‘g‘in
Misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda
bo‘lsa, qo‘shma vazn deb ataladi. Qo‘shma vaznda bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lmagan misralarning muayyan tartibi she’r oxirigacha qat’iy saqlanadi. Masalan, Mirtemirning
Alisherga alla aytib uxlatgan
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona.
– 3 bo‘g‘in
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan – 11 bo‘g‘in
Sen – ona,
– 3 bo‘g‘in
misralari bilan boshlanuvchi she’rida barcha toq misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi bo‘g‘inlar miqdori boshqacha xil ko‘rinishga ega. E.Vohidovning «Majnuntol» she’rini ham qo‘shma vaznga
misol qilish mumkin:
Qubbon sohilida qomating bukib, – 11 bo‘g‘in
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, – 11 bo‘g‘in
Nimalar haqida surasan xayol, – 11 bo‘g‘in
So‘yla, majnuntol? – 5 bo‘g‘in
Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi turoq deb ataladi. Bo‘g‘inlarning qanday ko‘rinishda turoqlarga bo‘linishi esa she’rning o‘ziga xos ohangini keltirib chiqaradi.
Solishtiring:
4 5
Garchi shuncha/ mag‘rur tursa ham 4+5=9
Piyolaga/ egilar choynak. 4+5=9
Shunday ekan/ manmanlik nechun, 4+5=9
Kibr-u havo/ nimaga kerak? 4+5=9
yoki
6 5
Tuproq ko‘chalardan/ chopgan bolalik 6+5=11
Yillar changi ichra/ asta yo‘qoldi. 6+5=11
Bolalik ketdi-yu/ sho‘x suhbatlarda 6+5=11
Uni kula-kula/ eslamoq qoldi. 6+5=11
She’r vaznlari haqida tushunchaga ega bo‘lish she’r
o‘qish va uni tushunishga yordam beradi.
She’r tuzilishida asosiy ritmik birlik sifatida bayt qabul qilingan ekan, u o’z navbatida, hijo, rukn va misradan tashkil topgan. Demak, mumtoz she’rning asosiy ritmik birliklari sifatida hijo, rukn va bayt qabul qilingan. Misra esa vaznda ritmik birlik sifatida ishtirok etmaydi.
Aruz vaznining asosiy xususiyati hijolarning cho’ziq va qisqaligiga asoslanganligidir. Arablarda harflar ikkiga bo’linadi:
1. Mutaharrik - "harakatli" ma’nosida bo’lib, uning oxiriga bir unli qo’shiladi, biroq yozuvda ko’rsatilmaydi.
2. Sokin - "ohista" ma’nosida bo’lib, bo’g’inni yopuvchi undosh sanaladi.
Demak, eng kichik ritmik birlik sifatida harfni olish mumkin, biroq uning xususiyati qisqa unli o’rniga harakat qabul qilishi yoki qilmasligi bilan o’lchanadi.Xijolar va ularning aruzdagi o’rni.Hijolar aruz vaznida bo‘g‘inga teng kelmaydi. Undosh bilan tugagan yopik bo‘g‘inlar hamda cho‘ziq talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo‘lgan yoxud u bilan tugallanuvchi ochiq bo‘g‘inlar cho‘ziq hijo hisoblanadi. Cho‘ziq hijo (–) belgisi bilan ko‘rsatiladi. Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo‘lgan yoki u bilan tugallanuvchi bo‘g‘inlar qisqa hijolar hisoblanib, ular (v) belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Tarkibida cho’ziq unlisi bo’lgan, shuningdek, qo’sh undosh bilan tugallanuvchi bo’g’inlar cho’ziq bo’g’in (o’ta cho’ziq hijo) hisoblanadi. Bunday bo’g’inlar misra o’rtasida kelsa va undoshdan oldin tursa (- v ) belgisi bilan, misra oxirida kelsa, (~) belgisi bilan ifodalanadi.
Qisqa yoki cho’ziq hijolar ma’lum tartibda birikib kelib juzvlarni yuzaga keltiradi.Aruzda mutaharrik va sokin harflarning turli tartibda birikuvidan hosil bo’ladigan bo’laklar juzvlar (arabcha: bo’lak) deb ataladi.
Juzvlar sabab, vatad va fosila deb nomlanadi. Agar ularning lug’aviy ma’nosini aniqlamoqchi bo’lsak, sabab , arkon, vatad, qoziq, fosila ma’nolarini beradi. Har bir juzv o’z navbatida ikki turli bo’ladi.
Sababi xafif – bitta cho’ziq hijo - (kun)
Sababi saqiyl – ikkita qisqa hijo ; v v (ya-na)
Vatadi majmu’ – qisqa va cho’ziq hijo; v - (va-tan)
Vatadi mafruq – cho’ziq va qisqa hijo; - v (xan-da)
Fosilai sug’ro – ikkita qisqa va bitta cho’ziq hijo; v v - ( a-la-min)
Fosilai kubro – uchta qisqa va bitta cho’ziq hijo; v v v - (qa-ra-ma-dim)
Mumtoz adabiyotshunoslikda vaznni aniqlashda
harf - juzv - rukn - bayt
Hozirgi aruzshunoslar:
hijo - rukn - bayt
usulini qo’llashmoqda.
1.Qaysi sher tizimida misralarda bo’g’inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi?
A. Erkin

Download 11.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling