103-guruh talabasi Maxsujonova Nozima


Download 4.01 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi4.01 Kb.
#1779950
Bog'liq
103-guruh talabasi Maxsujonova Nozima 20231113 131540 0000


MAVZU:
BARMOQ SHE'R TIZIMI
Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti "Ona tili va adabiyoti taʼlimi"fakulteti 103-guruh talabasi Maxsujonova Nozimaning "Adabiyotshunoslik asoslari" fanidan tayyorlagan taqdimoti
Reja
1)Sheʼriyat tizimlar
2)Sodda va qoʻshma vaznlar
3)Turoq
4)Xulosa
5)Foydalanilgan adabiyotlar
Oʻzbek sheʼriatida eng koʻp oʻrin egallaydigan barmoq deb atalgan sheʼr tizimida misralardagi boʻgʻinlar miqdori asosiy oʻlchov hisoblanadi
Adabiyotshunoslik ilmida nutqning bu tarzda qolipga,oʻlchamga solinishi vazn yoki sheʼriy tizim deb ataladi
Barmoq sheʼr tizimida ikki xil vazn bor:
Sodda vazn,qoʻshma vazn
Sodda vazn
Agar sheʼrning boshidan oxirigacha misralardagi boʻgʻinlar miqdori bir xil boʻlsa, sodda vazn deyiladi.
Masalan:
Qani, ayt, maqsading nimadir sening?-11 boʻgʻin
Nega tilkalaysan bagʻrimni, ohang?-11 boʻgʻin
Nechun kerak boʻldi senga koʻz yoshim,-11 boʻgʻin
Nechun kerak,rubob, senga shuncha gʻam?-11 boʻgʻin
Qoʻshma vazn
Misralardagi boʻgʻinlar miqdori 2 xil koʻrinishda boʻlsa, qoʻshma vazn deb ataladi.Qoʻshma vaznni boʻgʻinlar miqdori bir xil boʻlmagan misralarning muayyan tartibi sheʼr oxirigacha qatʼiy saqlanadi.
Masalan Mirtemirning
Alisherga alla aytib uxlatgan - 11 boʻgʻin
Sen -ona. - 3 boʻgʻin
Ogʻushida Bobur kamolga yetgan -11boʻgʻin
Sen - ona. 3 boʻgʻin
Misralari bilan boshlanuvchi sheʼrida barcha toq misralardagi boʻgʻinlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi boʻgʻinlar miqdori boshqacha xil koʻrinishga ega
Barmoq sheʼr tizimida misralardagi boʻgʻinlarning muayyan guruhlarga boʻlinishi turoq deb ataladi.Boʻgʻinlarning qanday koʻrinishda turoqlarga boʻlinishi esa sheʼrning oʻziga xos ohangini keltirib chiqaradi.
Barmoq vaznidagi sheʼr turoqlari boʻgʻinlarning miqdoriga,aruzdagi sheʼr ruknlari esa hijolarning ham miqdoriga, ham sifatiga qarab xarakterlanadi.Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida bir boʻgʻindan tortib sakkiz va hatto undan ortiq boʻgʻindan tarkib topgan turoqlar uchraydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Аdаbiyot nаzаriyasi. Ikki jildlik.-T.: «Fаn», 1978-1979.
2.Аlishеr Nаvоiy. Mеzоn ul аvzоn. Аsаrlаr. O’n bеsh tоmlik. 14
3.http://Ziyonet.uz
4.http://Arxiv.uz
5.Аdаbiyot qоidаlаri.-T.: «O’qituvchi»,1995.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Download 4.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling