Reja: Mirtemirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot


Download 80 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi80 Kb.
#239963
Bog'liq
Kurs ishi Qurbonova



Mirtemir hayoti va ijodi

Reja:


1.Mirtemirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.

2.Mirtemir she’riyatininng o’ziga xos xususiyatlari.

3.Mirtemirning tarjimonlik faoliyati.

Mirtemir (1910 - 1978) o’zbek she'riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil kolim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.Mirtemir she'riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she'rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she'riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she'riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she'rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Masalan:Toshbu

Chayirsan, chechansan, chuchuksan so‘zsiz,

Ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok.

Ko‘z ololmas hatto ilg‘asa ko‘zsiz,

Holbuki, munglug‘san.

G‘amdan ko‘ksing chok.

Yor jangga jo‘narkan: «Bo‘shashma», — devdi,

Bo‘shashgan paytda ham bo‘lolding tetik.

Bilarding — u seni jonidek sevdi,

Egningda kalta to‘n, oyoqda etik,

Ko‘ngil qo‘yding suyuk paxtazoringga,

Jo‘yaklarda qolding qosh qorayguncha.

Ter to‘kib ko‘z tikding o‘z devkoringga,

Vafo bo‘lsa agar, bo‘lur-da shuncha!

Burmalik ko‘ylak ham, nimcha-yu g‘ijim,

Sirg‘alar sandiqqa tushdi.

Bardosh bu...

Xilvatda yosh to‘kding yomg‘irday sim-sim,

Keyin yig‘i ham tark.

Bosh bo‘lding,

Toshbu...

O‘n juvonga boshliq — ko‘p ham osonmas,

Tun og‘ir va uzun, bo‘lar eding xun.

Bu to‘y kunidagi quvnoq javlonmas,

Ter to‘kding ham o‘zing, ham ering uchun

Qirov ketmasidan tashiding o‘g‘it,

To‘qiltoq arava — uloving eshak.

O‘n juvon izmingda — maslahat, o‘git,

Darddoshlik ham og‘ir, ko‘p og‘ir, beshak.

O‘z bo‘yningda edi suv, o‘toq, chopiq,

Esda turmas edi soch tarash hatto.

Sho‘x hislarga qalbing darchasi yopiq,

Kulib qaraganga jo‘n qarash hatto.

Dalaga ergashar ikki bolang ham,

Biri choy qaynatar, biri tashir suv.

Erkak mehnatiga ko‘nikding kam-kam,

Bu ham jang edi-da, qattol jang,

Toshbu!

Har qalay qaynashdan qolgan yo‘q qozon,

O‘rtada quyuqmi, suyuqmi — yovg‘on.

Buvak ham, go‘dak ham bo‘lmadi xazon,

Badnom etolmadi biror qing‘ir jon.

Kosang toza, halol, butun va beyuq,

Qoraxat, nim qahat sololmadi chang.

Jamolingga har gal suqulolmay suq:

— Buncha toshbag‘ir! — der badar ketdi gang.

Toleying bor emish, tole yor emish,

Keldi axir jangchi: bas deb, shum firoq.

O‘pkasida moshdek o‘q ham bor emish,

Tirsakdan bir qo‘l yo‘q:

Sendan g‘ash yiroq.

Seni sal xo‘rlagan sira insonmas,

Ko‘zlaringda g‘urur va baxtdan yosh bu.

Sensiz O‘zbekiston — O‘zbekistonmas,

Sensiz keng jahon ham sira jahonmas,

Toshbu!

Bu she'r Toshbibi (Toshbu) ismli ayolning yoriga sadoqati, ahdiga vafosi, tugalmas bardoshi va metin irodasini tarannum etadi. Yorini og'ir jangga kuzatgan bu ayol kelinlik zeb-ziynatlarini sandiqqa tashlab, erkaklarning og'ir mehnatini o'z zimmasiga oladi. Kunni tunga ulab, dalalarda ishlaydi va turmushning butun mashaqqatlarini totadi. Nihoyat, eri jangdan qaytadi, ammo... bir qo'lidan ajragan holda. Biroq Toshbu yorini tirik ko'rmoqlikning o'zini bir buyuk baxt deb biladi.O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir XX asr o’zbek she’riyatini o’zining lirik she’rlari va badiiy yuksak dostonlari bilan boyitdi.Uning asarlarida xalq hayotining nafasi urib turadi, inson qalbi eng teran puchmoqlargacha aniq ko’rinadi,ona yurtning turfa xil ranglari jilolanadi.O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni» deb atashardi.Darhaqiqat,shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib,xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanib,o’zbek adabiyotini boyitdi.Mirtemir Tursunov 1910 yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan. U dastlab shu qishloqdagi eski maktabda,keyinchalik esa 1921 yildan Toshkentdagi «Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi.Mirtemirning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926 yilda«Er yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.Mirtemir 1929 yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat dorilfununida o’qiydi.Ko’p o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.Keyinchalik uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947), «Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961,1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976) «Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.Mirtemir ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qizg’aldoq», «Bog’imning chechaklari», «Lolazordan o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor. «Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:



Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi.U M.Gor’kiyning «Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini,A.S.Pushkinningertaklarini, M.Yu.Lermontovning she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?» poemasini,Sh.Rustavelining «Yo’l- bars terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda) dostonini,qirg’izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964 yilda),Uyg’un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.Bundan tashqari,Ejen Pot’e,Abay,Berdaq,Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.Xalq og’zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida» kabi dostonlar yaratdi.Mirtemir bir necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini,adabiyotini,turmush tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.Bu turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut» kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini,hayotni butun borlig’i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.Lirik qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o’rin olgan bo’lib,lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki ko’rinishidir.«Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas,balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.«Surat» qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini,yurak dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar,kuylashga jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.Mirtemirning so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi she’rlari kiritilgan bo’lib,shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan ko’rinib turadi.Mirtemirning “Shu'lalar qo’ynida” (1928), “Zafar” (1929), “Qaynashlar” (1930), “Kommuna” (1931), “Tong” (1932), “Kipriklarim”, “Yodgorlik” (1978) va boshqa she'riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to’yida”, “Surat”“Onaginam”, “Shudring”, “Barqut”, “Yali-yali”, “Ratti”, “Armon”, “Chirildoq”,“Sutdek oydin”, “Men kelgum”, “Hayda”, “Ona yurtim”, “Ona tilim”, “Ko’klamda” singari yuzlab she'rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.(1957) dostonlari va “Qoraqalroq daftari” she'riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.Mirtemir (taxallusi; asl ismsharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — O’zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta’lim olgach (1919—20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920—23) va O’zbek erlar bilim yurtida (1925—29) tahsil kurgan. 1929 y. Samarqandga borib O’zbekiston MIK raisi Y. Oxun-boboyevning kotibi bo’lib xizmat qilgan va, ayni paytda, Pedakademiyaning til va adabiyot f-tida o’qiy boshlagan. U shu yillarda "Qizil qalam" adabiy tashkilotining a’zosi sifatida Botu, Oltoy singari "millatchilar" bilan aloqada bo’lganligi uchun GPU tomonidan xibega olingan (1932.8.8.). Qamoqdan ozod boʻlgach, "Yangi hayot" gazetasida adabiy xodim (1936), respublika radioqo’mitasida bosh muharrir (1941). O’z davnashrda muharrir (1942), Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943—44), Yozuvchilar uyushmasida bo’lim mudiri va maslahatchi (1957— 64), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1965—66) lavozimlarida xizmat qilgan.Mirtemirning ilk she’rlar to’plami — "Shu’lalar qo’ynida" (1928) milliy she’riyatimiz uchun yangi janr — sochma (nasriy she’r) janrida yozilgan bo’lib, davrning muhim masalalariga bag’ishlangan. Shundan keyin Mirtemir "Zafar" (1929), "Qaynashlarim" va "Bong" (1932) she’riy to’plamlarini e’lon qilgan.Shoir Mirtemir haqida Naim Karimov shunday deb yozadi:"Shunday yozuvchilar sirasidan biri Mirtemirdir. Sirasini aytganda, bu ulug’ shoir hayotlik chog’ida ham ardoqda yashamagan. U hatto barkamol asarlari bilan she’riyatimizning yangilanishi va kamalak nurlari bilan tovlanishiga katta hissa qo’shgan 60-70-yillarda ham biror iltifot ko’rmagan. Yodimda bor, shoirning 1975 yilda “Izlaganim” she’rlar to’plamining nashr etilishi adabiy hayotda katta voqea bo’lgan. “Ka’bamsan, she’riyat, ezgu ehromim, Orzu ham bol to’liq bebaho jomim…” satrlari bilan boshlangan to’plamdagi qariyb har bir she’r she’riyatning yuksak namunalari edi. Biz to’plamni Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga tavsiya etish taklifi bilan chiqmoqchi bo’ldik. Mirtemir aka ko’nmadi: “Bekorga ovora bo’lasizlar. Avval o’zlari shu mukofotni bir-bir olib chiqmagunlarigacha menga yo’l bo’lsin”, dedi. Biz mukofotni olgan yozuvchilarni sanab chiqdik. Asosiy “da’vogar”larning barchasi mukofotlangan bo’lib chiqdi. “Yo’q, – dedi Mirtemir aka, – baribir berishmaydi. Ikkinchi martadan olishadi”. Undagi bunday ishonch asossiz emas edi. Adabiyotimizning boshqa oqsoqollari qatori, Z. Fatxullin, N. Safarov, M. Sheverdinlar ham 50, 60 yoshga to’lishlari munosabati bilan Xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlanganlari holda Mirtemir akaning chinakam xalq yozuvchisi ekanligi rasmiy doiralarda e’tirof etilmagan edi. Hatto tavalludining qaysidir yirik sanasi munosabati bilan qo’shni respublika rahbariyati uni “Qirg’iziston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlamoqchi bo’lganida, bu masalani bosdi-bosdi qilib qo’yishdi.Mirtemir aka shunday hodisalar tufayli o’pkasi to’lib ketgan paytlarda eshitilar-eshitilmas, Pushkinning: “Biz ko’pchilik edik o’sha qayiqda”, degan satrini aytib qo’yar edi.Agar Mirtemir aka hayotlik chog’ida uning eng yaxshi she’rlari eng yaxshi tarjimonlar tomonidan rus tiliga tarjima qilinishiga erishganimizda, nafaqat uning, balki, umuman, o’zbek she’riyatining mavqei jahonning ruszabon qismida o’n chandon ko’tarilgan va bu “adabiy” adolatning tiklanishiga sabab bo’lgan bo’larmidi. Negaki, o’tgan asrning 70-80-yillarida jo’shib ijod qilgan Mirtemir, Asqad Muxtor, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdieva kabi she’riyat zargarlari bilan bahslasha oladigan shoirlar sobiq sovetlar yurtida sanoqli edi.Mirtemir aka shu davrda ma’naviy jihatdan hiyla kamsitilib, moddiy jihatdan hiyla qiynalib, hali oltmish bilan olishmasdan, xastalikning sap-sariq libosini yechmay yashadi. Shunga qaramay, shogirdlarining boshini silab, bir luqma taomini ularsiz yemadi; turkistonlik qarindosh-urug’larining bolalari maktabni tugatar-tugatmas, uning xonadoniga kelib, shu yerdan oliy ma’lumotli bo’lib ketishdi. Uning shogirdparastligi va ko’makparastligi butun O’zbekiston bo’ylab tarqaldi. Hatto kunlarning birida bir qoraqalpoq yigiti Mirtemir akaning uyiga kelib, taniqli shoir va davlat arbobi Navro’z Japoqovning jiyani ekanligini, universitetga hujjatlarini topshirganligini, ertangi kun Oybek domlaning o’g’li Omon Toshmuhamedovga tarixdan imtihon topshirishi lozimligini aytdi. “Juda yaxshi, – dedi Mirtemir aka, – universitetga kirib, yaxshi tarixchi bo’lgin, bo’tam. Qoraqalpog’istonga yaxshi tarixchilar kerak”. “To’g’ri aytajapsiz, og’a, – dedi yigit. – Lekin Aybek ag’aning o’g’li qattiq alarkan imtaxindi. Jardam bermasang’iz, u mendi jiqitadi”. Bechora Mirtemir aka: “Navro’z og’aning bir ishi tushibdi, boshimni egib bo’lsa ham, Omonbekning oldiga borib, shu qoraqalpoq yigitga yordam bermasang bo’lmas. Rahmatli otang bilan do’stligi bor edi Navro’z og’aning”, – deb ertasiga universitetning imtihonlar o’tayotgan binosiga boribdi. Binoga bo’lajak talabalardan bo’lak hech kimni yo’latmayotgan navbatchi Mirtemir akani tanigani uchun o’tkazib yuboribdi. Mirtemir aka Omonbekning qaerda imtihon olayotganini surishtirib topibdi. Eshikni ochib, zir-zir titrab o’tirgan yigit-qizlarni ham ko’rmay, to’g’ri Omonbekning oldiga boribdi. “Omonbek, o’g’lim, bir nozik masalada keldim”, – debdi. Omonbek nozik masalaning nima ekanligini tushunib, Mirtemir akani koridorga imlabdi. Ammo Mirtemir aka Omonbek xuddi qochib ketadigandek, boyagi “nozik masala”ni koridorga chiqquncha, boyagi titroq bolalar oldida aytibdi-qo’yibdi.Xullas, Omonbek tinchlantirganidan keyin Mirtemir aka o’ta savob ishi bitirgan kishidek uyiga xursand bo’lib qaytibdi. Ammo oradan bir yilmi-ikki yilmi o’tganidan so’ng, Toshkentda Japoqov bilan ittifoqo ko’rishib qolib, gap orasida jiyanining o’qishini so’ragan ekan, Navro’z og’a hayron bo’libdi: qaysi jiyanimni so’rayapsiz, deb. Ma’lum bo’lishicha, Navro’z og’aga hech bir aloqasi bo’lmagan yigit Mirtemir akaga qoraqalpoqlarning qora qalpog’ini kiydirib ketgan ekan.Mirtemir aka shunday va bundan ham battar kunlarni boshidan kechirdi. Ammo u o’zining ichki g’ururiga, or-nomusiga, shoirlik nomiga gard yuqtirmay yashadi. O’zbek xalqining shoiri bo’lish, uning orzu va intilishlarini, qayg’u va alamlarini, hayotining past-baland tomonlarini she’riyatning sehrli tili va vositalari bilan ifodalash uning uchun eng oliy ish, eng oliy mukofot, eng oliy burch edi. U G’afur G’ulom va Oybek, Hamid Olimjon va Shayxzoda, Asqad Muxtor va Erkin Vohidov singari shoirlar davrasida ijod qilayotgani va ular oldida uyalib qolmasligi uchun qalamini doim charxlab turdi, yangi-yangi tasvir vositalarini, tesha tegmagan obrazlar va ranglarni axtarib topdi. Bolaligi va o’smirligini Turkiston adirlarida, o’zbaki til va urf-odatlarni asl holda saqlab kelayotgan iqonliklar bag’rida o’tkazgan shoir o’zbek xalqining XX asrdagi eng milliy shoiri sifatida shuhrat qozondi.Avvalgi tuzum davrida yashagan aksar shoirlardek, uning ham ayrim she’rlaridan “Lenin”, “partiya”, “kommunizm” so’zlari mo’ralab, ayrim she’rlaridan esa shu davrning karnay-surnaylari eshitilib turadi. Mahbuslik yillarini Moskva-Belomor kanali qurilishida o’tkazgan shoirning busiz adabiy hayotdan joy olishi, she’rlarini gazeta va jurnallarda chop etishi, kechikib bo’lsa-da O’zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo’lishi amri mahol edi. Lekin u har safar ona Turkistonga borganida (u to’yu azalar munosabati bilan qarindosh-urug’larini ko’rgani tez-tez borar edi), u yerdan daftar-daftar tugallangan va tugallanmagan she’rlarni olib kelardi. Va shu she’rlarga qalam urib, bir oz sayqal berganidan so’ng, ko’pincha bizni chaqirib o’qib berar va fikrimizni eshitganidan so’nggina ularni e’lon qilar edi. Kamina shunday paytlarda yerdan kuch oluvchi Antey haqidagi yunon mifining rostligiga astoydil ishonar edim.Mirtemir shunday she’rlaridan birida qishlog’ini tasvirlab, bunday yozgan:Qay qo’raga kirsang – eshigi ochiq,

Bir nima tatiysan, qo’ymas aslo och.

Qora qumg’on qaynar, yozilur chochiq,

Zog’orami, so’kmi, yovg’on yo umoch.

Borini ayamas, barini qo’yar,

Yupqami yo go’ja, talqon, qo’g’irmoch,

Qurutmi yo jiyda – o’rtaga uyar,

Juda bo’lmaganda qatig’u ko’moch.

Agar so’ygan bo’lsa kecha bo’rdoqi,

Qozonda qovurdoq, o’rtada ko’za.

Danak, qovun qoqi, suzgun ko’z soqi,

YO qimiz suzulur, yo achchiq bo’za…

Men bu satrlar o’qir ekanman, Mirtemir o’zbek tilida jaranglatib yuborgan Nekrasovning “Rossiyada kim yaxshi yashaydi” dostoni satrlari qulog’im tagida zamzama qilgandek bo’ladi. Nekrasov ham o’z dostonida rus xalqining maishiy turmushini shunday realistik detallar bilan tasvirlaganki, uni o’qiganingizda rus qishlog’i kishi-larining ayanchli hayoti ko’z oldingizda ro’y-rost gavdalanadi. Mirtemir rus shoiridan farqli o’laroq, o’zbek qishlog’i va shu qishloq kishilari hayotini shunday mehr va qandaydir yashirin g’urur bilan tasvirlaganki, sizda shu qishloq va uning ahlini ko’rish zavqi va havasi paydo bo’ladi. Siz shoir tasvirga tortgan taomlar nomini o’qib, yoshligingizni, qiyinchilik yillarida o’zbek tabiatining shunday ne’matlari bilan sizni katta qilgan ota-onangiz, yaqin qarindosh-laringizni yodga olasiz. Sizda bu she’r allaqachon uyquga kirgan bokira, go’zal va ezgu tuyg’ularni uyg’otib yuboradi. Siz bu she’rdan keyin o’zingizni butunlay boshqacha sezasiz. Siz endi, chindan ham, boshqa kishiga – ko’nglidagi g’uborlarni qoqib tashlab, bolalik va yoshlikning pokiza chashmasida cho’milgan kishiga, tom ma’nodagi Insonga aylanib qolasiz.She’riyatning kuchi, Mirtemir she’riyatining kuchi – shunday.Mirtemir she’rlarida tasvirlangan aksar kishilar ana shu qishloq ahlidek bag’rikengligi, mehridaryoligi, mehnatkashligi, yurtparvarligi bilan ajraladi va ular bamisoli O’zbekbobo daraxtining qudratli shoxlaridan o’sib-tarmoqlanib chiqqan novdalardagi olma-anorlardek tovlanib turadi.

Mirtemir shunday kishilarga vatandosh va zamondosh bo’lganidan o’zini baxtli hisoblagan. Uning she’riyatida xalq, millat va Vatan tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. U Vatan tuprog’ini, shu tuproqning har bir zarrasini muqaddas deb bilgan. U shu tuproqning har bir zarrasiga ota-bobolarning kindik qoni to’kilgani uchun uni tavof etgan.

Bu – men tug’ilgan tuproq, bu – men ulg’aygan tuproq,

Daralari jannatiy, tog’ sirtlari ko’k yayloq.

Qumloqlarida hatto suruv-suruv qo’y-qo’zi,

Guldor, naqshin qorako’l, yetti ranglik, yarqiroq.

Bir farzandday cho’k tushib, peshanamni qo’yaman,

Ko’p o’tmay sog’inaman, o’pib-o’pib to’yaman.

Oq poshshoning to’pidan abjaq bobom xoki bu,

Oq poshshoni eslatsang, yovuzlikka yo’yaman…

Shoir garchand sovet davrida o’zini qamagan, otasini quvgan, yuqumli kasallikdan o’lgan onasining jasadini ham farzandlaridan yashirib ko’mgan bol`sheviklardan biror marta nolimagan bo’lsa-da, bugun biz “Oq poshshoning to’pidan abjaq bobom xoki bu, Oq poshshoni eslatsang, yovuzlikka yo’yaman” satrlaridan uning bol`sheviklar dohiysiga bo’lgan nafratini ham sezgandek bo’lamiz. Zero, u, Mirtemir, dilidagi qanchadan-qancha jarohatlarni ochmay, so’nggi she’rlaridan birida: “Majnuntol tagiga o’tqazing meni, Men uchun yig’lasin, men yig’lab bo’ldim”, deb bejiz yozmagan edi.

Mirtemir vafotidan keyin uning merosini o’rganib, to’rt jildlik “Asarlar”ini nashrga tayyorlash chog’ida ko’zim shoirning yozuv stoli ustida turgan kichkina bir qog’ozga tushib qoldi. Unda quyidagi so’zlar yozilgan edi: “Qiynalganingda – ishla. Azob chekkaningda – ishla. Qo’ling ishga bormaganda ham ishla”.Mirtemir butun umr bo’yi hayotining shu dahshatli shioriga amal qilib yashadi.Qiynalganida ham, azob chekkanida ham, qo’li ishga bormaganida ham ishlagan odam qanday qilib bunday baland, yuksak, charog’on, ilohiyot nuri bilan yo’g’rilgan satrlarni yozganikin?

Ka’bamsan, she’riyat, ezgu ehromim,

Og’u ham bol to’liq bebaho jomim.

Amalim va ishqim, umidu armon,

Uyqusiz tunlarim jindak ilhomim.

Kerakmas inju ham sensiz, haqiq ham,

Kerakmas shaddod ham sensiz, daqiq ham.

Hayot ham men uchun sensiz bema’ni,

Sensiz o’tmasin-da hatto daqiqam.

Yuqorida qo’yilgan savolga bunday javob berish mumkin: Bunday porloq satrlarni yozish uchun shoirga kuch bergan narsa She’riyatdek buyuk mo»jizaga, shu mo»jizaning qadriga yetib, Navoiydek buyuk shoirlarni yaratgan xalqqa bo’lgan muhabbat va sadoqatdir.

30-yillar o’zbek she’riyatida doston janri katta mavqe kasb etadi. Mirtemir ham shu davrda "Barot" (1930), "Xidir" (1932), "Dilkusho", "Suv qizi" (1937), "Oysanamning to’yida" (1938), "Qo’zi" (1939) kabi dostonlarni yozadi va ularning aksarida oddiy mehnat axli vakillari obrazini yaratadi. Umuman, Mirtemirning she’r va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida "she’riyatbop" jihatlarni, ular ruhiy olamidagi go’zallik jilvalarini o’ziga xos noziklik va zakiylik bilan ko’radi va aks ettiradi. Bu mirtemirona fazilat shoir ijodining urushdan keyingi davrida, ayniqsa, yorqin ko’rinadi.2-jahon urushidan keyingi yillardagi adabiy siyosat natijasida Mirtemirga ijod etish va yozgan asarlarini e’lon qilish imkoni berilmagan. Natijada u tarjima va tahrir ishlari bilan shug’ullanishga majbur bo’lgan. Qoraqalpoq she’riyatidan qilgan tarjimalari va "Qaraqalpoq daftari" (1959) she’riy turkumining katta muvaffaqiyat qozinishi Mirtemirning "erkin" ijodkorlar safiga qaytishi va ijodiy yasharishiga sababchi bo’ldi. "Qoraqalpoq daftari"da (1957) namoyon bo’lgan xalqlar o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik g’oyalari shoirning qozoq, qirg’iz va turkman diyorlariga qilgan safarlari ta’sirida yozilgan she’rlarida katta mahorat bilan davom ettirildi. Mirtemirning "Qoraqalpoq daftari" turkumidan o’rin olgan "Surat" lirik qissasi esa 60—70-ularda o’zbek she’riyatida doston janriga e’tiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta ta’sir ko’rsatgan.Mirtemirning 60—70-yillarda yaratgan aksar she’rlari 20-asr o’zbek she’riyatining tom ma’nodagi durdonalaridir. U shu davrda she’riy texnikani mukammal egallagan shoir sifatidagina emas, balki tarix va Vatan tuyg’ulari bilan yashagan, shu muqaddas tuyg’ularni yonar so’z bilan ifodalagan shoir sifatida ham shuhrat qozondi. Mirtemir oddiy mehnat axliga ruhan yaqin, uning tabiatini, maishiy xayotini, tilining kamalak ranglarini, dilidagi orzu va armonlarini yaxshi bilgan, inson qalbidagi ruhiy kolliziyalarni teran his qilgan va tasvirlagan shoirdir. Mirtemirning chin ma’-noda xalq shoiri, milliy shoir bo’lganligi uning , ayniqsa, "Onaginam", "Toshbu", "Norbuvi", "Pattining hasratlari" singari o’zbek ayollariga xos mehr-muhabbat, or-nomus, malohat, sabrtoqat va mehnatsevarlik fazilatlari kuylangan she’rlarida o’z tajassumini topgan. Masalan: Onaginam she‘ri

Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi g’ashlik.

Bedavo sizloviqday sizlatguvchi g’ashlik.

Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,

Chuchvaraga chekkuvchi g’ashlik.

Meni o’ylab notavon va nimjon,

G’ashimga tekkuvchi g’ashlik.

Suyaklarimni sirqiratib, och tevatday g’ajiguchi,

Ko’zimga yosh tirqiratib,

Jig’ildonimda achchiq bo’zaday achiguchi g’ashlik.

Dunyoga qayta kelishimga ko’zim yetsaydi,

Yigit yoshim to’lmay turib,

Ayriliq zaylida qoq yog’ochday qurib

Jon bergan onamni ko’rishimga ko’zim yetsaydi,

Tizzasiga bir nafas bosh qo’yishimga ko’zim yetsaydi,

Onalik mehriga o’bdon to’yishimga ko’zim yetsaydi,

Oq sutingni oqlay, deyishimga ko’zim yetsaydi,

Menda g’ashlik netardi?

Yantoq o’tinidek,

Tamaki tutunidek,

Tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek

Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!

Onaginam!

Odam bo’ldimmi menam?

Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib bermagan bo’lsam,

Yo tashnaligingda bir kosa sharbat to’ldirib bermagan bo’lsam,

Yo non yopishing uchun,

Hatto bir yo’la, bir kun

Sahrodan o’tin orqalab kelmagan bolangman...

Og’zingdan so’z chiqmay, yelmagan bolangman...

Sening arzimas bir yumushingni ado lolmaganim,

Sening bir ishorangga yuz o’mbaloq oshib ketolmaganim,

Seni jindak xushvaqt qilgani,

Seni jindak xushbaxt qilgani

Tagsiz jarlardan o’tolmaganim,

Seni so’nggi yo’lga o’zim uzatolmaganim

Tog’day zil.

Abadiyatday cheksiz armon bo’lib qoldi dilimda, onaginam!

Odam bo’ldimmi menam?

Ha, odam sanashar meni elimda.

Senga qilolmagan xizmatim,

Sen deb chekolmagan zahmatim

Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g’azalxonligim,

Onalik mehriga to’ymagan mehrim, jindak yaxshilik va yomonligim Meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda onaginam!

Elga xizmatim senga xizmatim emasmi axir,

El meni farzandim demasmi axir!

Rozi bo’l, odam sanalay menam...

Dunyoga qaytib kelurman,

Lekin boshqa o’g’il bo’lib...

Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta oʻrin egallaydi. U Abay, Mahtumquli, Berdaq sheʼrlaridan tashqari, qirgʻiz xalqining „Manas“ eposini (hamkorlikda), Shota Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ (hamkorlikda), Aleksandr Pushkinning „Ruslan va Lyudmila“, „Oyimqiz qishloqi qiz“, M. Lermontovning „Ismoilbek“, „Savdogar Kalashnikov haqida qissa“, N.A.Nekrasovning „Rusiyada kim yaxshi yashaydi“ kabi doston, qissa va ertaklarini, G. Geyne, A. M. Gorkiy, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Samad Vurgʻun va boshqalarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Karmen“ va „Ulugʻbek“ operalari, „Natalka–poltavka“, „Bayadera“, „Keto va Kote“ singari musiqali dramalar Mirtemir tarjimasida oʻzbek tilida sahnalashtirilgan. Mirtemir bu va boshqa she’rlari bilan o’zbek she’riyatiga xos xalqchillik ruhini behad darajada oshirdi. Ayni paytda Mirtemir She’rlari syujetliligi, tasvir etilayotgan zamon va makonning anikligi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqinligi va bokiraligi bilan ajralib turadi.Mirtemir. She’riy ijodining muhim bir qismini qo’shiqlar tashkil etadi. Shoir Katta Farg’ona kanali kurilishiga bag’ishlangan "Yali-yali", shuningdek, "Bog’ ko’cha", "Bir go’zal", "Qaro ko’zli", "O’ynasin", "Boqishi", "Ustina" singari qo’shiklar bilan o’zbek qo’shiqchilik san’ati ravnaqiga bebaho hissa qo’shdi. Shu bilan birga, Mirtemir bir qancha publitsistik va adabiytanqidiy maqolalar mu-allifi. Mirtemir. O’tgan asrning 60-y.larida o’zbek she’riyatiga kirib kelgan talaygina yoshlarga ustozlik qilib, o’zining adabiy maktabini yaratdi.Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta o’rin egallaydi. U Abay, Mahtumquli, Berdaq she’rlaridan tashqari, qirg’iz xalqining "Manas" eposini (hamkorlikda), Shota Rustavelining "Yo’lbars terisini yopingan pahlavon" (hamkorlikda), A. S. Pushkinning "Ruslan va Lyudmila", "Oyimqizqishloqi qiz", M.Yu. Lermontovning "Ismoilbek", "Savdogar Kalashnikov haqida qissa", N.A.Nekrasovning "Rusiyada kim yaxshi yashaydi" kabi doston, qissa va ertaklarini, G. Geyne, A. M. Gorkiy, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Samad Vurg’un va b.ning she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. "Karmen" va "Ulug’-bek" operalari, "Natalka-poltavka", "Bayadera", "Keto va Kote" singari musiqali dramalar Mirtemir. tarjimasida o’zbek tilida sahnalashtirilgan.

Mirtemir Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti (1977) laureati. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Toshkentdagi ko’cha va Andijon viloyati, Bo’z tumanidagi maktablardan biri Mirtemir nomi bilan atalgan. Shoir tug’ilgan Eski Iqon qishlog’ida Mirtemir uy-muzeyi barpo etilgan.



Mirtemir (1910 - 1978) Oʻzbek she'riyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida tugʻildi. Oʻn bir yoshida qishlogʻidan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil koʻrdi. 1925 yilda oʻzbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagipedakademiyaga oʻqishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida oʻtadi. Shoir ozod etilgach, turli oʻquv muassasalarida oʻqituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir boʻlib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.


Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling