Demekologiya Eydekologiya
Download 30.45 Kb.
|
Autekologiya
Ekologik omillar va ularning tasnifi
Muxit organizmning fizik qobig‗i xisoblanib, xar qanday muxit fizik, kimyoviy va boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‗ladi. Omil tirik organizmlarga to‗g‗ridan- to‗g‗ri ta‘sir etuvchi muxitning ayrim bir tarkibiy qismidir. SHunday qilib, ekologik omilni tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan xar qanday muxitning shart- sharoiti deb qarash kerak. Ekologik omillar juda xilma-xil. SHuning uchun ularni tasniflash zarur buladi. Ekologiyaning tarixidan ma‘lumki, omillarning tasnifi ancha murakkab masalalardan biri xisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta‘sir etadi. Ular ekologik, fiziologik, genetik va xokazolar tarzida ta‘sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta‘sir etishi emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda uni tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va o‗ziga xos ta‘siri muxim axamiyatga ega. Ekologik omillarni tasniflashda uning tabiati, xarorat, nurlanish, bosim muxitning reakyiyasi va boshqalar doimo o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗ladi. D.N. Kashkarov (1933) omillarni uch guruxga ajratadi: iqlim, edafik va biotik. V.V.Alexin (1950) iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi. Ta‘rifga binoan omil muxitning ayrim elementi xisoblanib, organizmga to‗g‗ridan- to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga xech qanday to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmaydi. SHubxasiz, ma‘lum bir joyning dengiz satxidan absolyut balandligi, tog‗liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv xavzasining chuqurligi kabilar xam ana shunday xususiyatga ega. Ular tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmay, balki bevosita ta‘sir etgan xolda boshqa omillar, ya‘ni xarorat, bosim va xokazolarni ta‘rif etish xususiyatini o‗zgartiradi. Muxit keng ma‘noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‗rsatuvchi omillar mavjud. Omillarni ta‘sir etuvchi va xayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta‘sir etuvchi omillar tirik organizmlar xayotiga kuchli ta‘sir etib, ularning xatto irsiy xususiyatlari yoki boiqa ko‗rinishlardagi o‗zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga xar xil mutagen omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‗rsatish mumkin. Xayot sharoiti uchun zarur bo‗lgan omillar o‗z navbatida tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo‗lgan xayoti va o‗sishini ta‘minlovchi omillar va rivojlanish sharoiti (ontogenszni ta‘minlovchi) omillariga bo‗linadi. YAshil o‗simliklarning xayoti uchun zarur bo‗lgan omillar kosmik (yorug‗lik, xarorat) va Erdagi suv va ozuqa omillarga ajratiladi. Ushbu omillar mavqei jixatdan bir-biri bilan barobar, shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‗lmaydi. Ilmiy-texnik taraksiet tufayli inson yashil o‗simliklar uchun, zarur bo‗lgan kosmik omillarni boshqara olish imkoniyatiga ega bo‗ldi. SHunday qilib, xozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga vaqt bo‗yicha, muxitga, xarakteriga, ob‘ektga ta‘sir etishiga va boshqa tomonlarini xisobga olib tasniflanadi. Ekologik omillarni abiotik (o‗lik tabiatning ta‘siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‗liq bo‗lgan ta‘sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta‘sir) omillarga bo‗lib o‗rganiladi. Abiotik omillarga kuyidagilar kiradi: 1. Iqlim, yorug‗lik, xarorat, xavo, namlik (xar xil shakllardagi yog‗ingarchiliklar, tuproq va xavoning namligi, qor qoplami); 2. Edafik (yoki tuprok. gurunt) — tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xossalari va boshkalar. 3. Topografik (yoki orografik) - relef sharoiti. Biotik omillarga quyidagilar kiradi: 1. Fitogen - birgalikda yashayotgap o‗simliklarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri (mexanik ta‘sirlar, simbioz, parazitlik, epifitlarnnng yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar yashayotgan muxitni o‗zgartirishi) kabi ta‘sirlari; 2. Zoogen - xayvonlarning (oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mexanik ta‘sirlar, changlatish, meva va urug‗larni tarqatishi, muxitga ta‘sir etishi kabi ta‘sirlar; 3. Mikrobiogen va mikogen- mikroorganizmlar va zamburug‗larning (parazitlilik, taщqi muxitni o‗zgartirish) ta‘siri. Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta‘sir natijasida tirik organizmlar yashash muxitining o‗zgarishi o‗z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‗rtasidagi bog‗lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga (cho‗llarni o‗zlashtirish, o‗rmonlarni kesib yuborish, pichan o‗rish va mol boqish, suv, tuproq va xavoni sanoat chiqindilari, zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish va zaxarlashga olib keladi. Ba‘zi xollarda biotsenozlarning butunlay yuq bo‗lib ketishiga sababchi bo‗ladi (1-jadval) . Download 30.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling