Demekologiya Eydekologiya


Download 30.45 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi30.45 Kb.
#1038512
1   2   3   4   5
Bog'liq
Autekologiya

Moslashish 
Sayyoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o‗ziga xos to‗rtta
muxitda tarqalgan ekan, ulardan biri xisoblangan suv muxitida dastlab xayot kelib chiqqan.
Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikka chiqib, tuprok xosil bo‗lishida qatnashadilar va uni
egallaydilar. SHuningdek, xavo va boshqa bir tirik organizmni ichida yoki sirtida xam
tarqalganlar. Demak, bizga ma‘lum bo‗lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari xisoblangan
uvoqlilar, zamburug‗lar, o‗simliklar va xayvonlar ana shu muxitlarda yashashga
moslashganlar. Xush moslashishni o‗zini qanday tushunish kerak? Moslashish yoki
adaptatsiya ayrim individlar, populyasiyalar tur yoki jamoalarning morfofiziologik xulqiy va 
axborot biotsenotik xususiyatlarining majmuidan iborat bo‗lib, boshqa individlar,
populyasiyalar, tur yoki jamoalar bilan yashash uchun kurashda g‗olib chiqishga sababchi
bo‗ladigan, shuningdek abiotik muxit omillarining ta‘siriga chidamliligini ifodalaydi.
Moslashish turli darajalarda va ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Masalan xarorat omiliga

moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin.


Kupchilik o‗simliklar ortiqcha kizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o‗simlik turining
soyasida o‗sadi. Bu erda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo‗lmokda. Asalarilarning
uyalarini xaddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi
moslashishga misol bo‗ladi. Xayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki
o‗simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi
moslanishlardir. Kuchli yorug‗lik ta‘sirida xloroplastlarning xujayra devori ostida ma‘lum bir
tartibda joy olishi xujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlaring oqsillarini yuqori
xarorat ta‘siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi moslashish xisoblanadi.

Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling