Demografik jarayonlarni tahlil qilish Reja


Demografik jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan aloqasi


Download 77.5 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1308045
1   2   3   4   5
Bog'liq
Demografik jarayonlarni tahlil qilish

2.Demografik jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan aloqasi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim ko`rsatkichlaridan biri aholining o`rtacha umr ko`rishidir. Mazkur holat O`zbekistonda erkaklar uchun 66, ayollar uchun esa 72 yilga barobar; qirg`izistonda u 63 va 71, Tojikistonda 66 va 71, Turkmanistonda 62 va 69 yilni tashkil qiladi. («Naseleniye i obhestvo» axborotnomasi ,№ 38 avgust, 1999).
Keyingi yillarda O`zbekistonda ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi jadal rivojlanmoqda. Masalan, chop etilgan ma`lumotlarga qaraganda, respublika bu borada 1999 yilda MDX mamlakatlari orasida birinchi o`ringa chiqib oldi; bu yerda sanoat mahsulotlari 1991 yilga nisbatan 117 foizga o`sdi. Hamma narsa taqqoslashda, qiyoslashda ravshanlashadi, deyishadi. Shu nuqtai nazardan yondoshsak, bu ko`rsatkich Rossiyada 53, Ukrainada 51 va qozog`istonda 48 foizga tengligini guvohi bo`lamiz. Raqamlar o`z-o`zicha vaziyatni real ko`rsatmoqda va ularni ortiqcha tahlil qilishga zaruriyat bo`lmasa kerak.
Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish mehnat xususiyatidagi o‘zgarishlarni, intellektual mehnat sohasidagi inson imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka va kasbiy tarkibini o‘z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning yosh va jins tarkibini, tugilish va o‘lim darajasi, aholining hududiy joylashishi haqidagi ma‘lumotlarni tahlildan o‘tkazish asosida ko‘rib chiqadi. Demografik prognoz kelajakda oilalarning soni, ularning o‘rtacha kattaligi, migratsiya jarayonlarining yo‘nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o‘rtacha yoshlari, aholi umrining o‘rtacha uzunligi haqida zarur ma‘lumotlar olish imkonini beradi.
3.O`rta Osiyo respublikalarida demografik vaziyat.

Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining hajmi va tuzilishi, shaxsiy iste‘mol mollari ishlab chiqarish, maorif, sogliqni saqlash va xokazolarni rivojlantirish rejalashtiriladi. Хullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bogliq.


―Ijtimoiy rivojlanish prognozlari axolining ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini, turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash soxasidagi murakkab tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mexnat resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, axolining turmush darajasi, iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashki iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish.
Jumladan, ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat mahsulotlari va nooziqovqat mahsulotlari iste‘mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal ho‘jaligi, aholiga maishiy hizmat ko‘rsatish, ta‘lim, madaniyat, san‘at va ommaviy axborot vositalari; sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muhitni muhofaza qilish.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling